Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar shohrux Nuraliyev



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155375
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-shaxsi-va-unga-qo-yiladigan-talablar

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 321
bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor 
bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida rivojlanib boradi. Yosh, 
shuningdek, taʼlim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan 
takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga taʼminlanadi. 
Jumladan, mustaqil o‘qib-o‘rganish, yaʼni pedagogika olamida ro‘y berayotgan 
yangiliklar haqida maʼlumotlarni beruvchi ilmiy adabiyotlar, Internet materiallari
bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan xabarlar, shuningdek, ilg‘or 
texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni o‘qib tahlil 
qilish va umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash bo‘yicha 
o‘z ustida doimiy izlanish olib borishi kerak. Respublikamiz misolida oladigan bo‘lsak, 
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Bosh ilmiy-metodik markaz qoshida 
tashkil etilgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tarmoq hamda mintaqaviy markazlarida kasbiy malakalarini oshirish, xalq taʼlimi tizimi 
bo‘yicha esa Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi 
malaka oshirish instituti hamda Respublika taʼlim markazlarida o‘z malaka va 
ko‘nikmalarini oshirib borish, doimiy ravishda ilmiy anjumanlar – nazariy va amaliy 
konferensiya va seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglarda faol ishtirok etish
O‘zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida 
ularning ish tajribalarini o‘rganish yoki stajirovka o‘tash orqali amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi kabi talablar asosida pedagogik mahoratga ega bo‘lish taʼlim-tarbiya 
samaradorligini taʼminlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining 
jamoadagi obro‘-eʼtiborini ham oshiradi, o‘quvchilarda unga nisbatan hurmat hissi 
shakllanib boradi. Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish – 
pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, 
o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga 
erishish imkoniyatini yaratadi. 
O‘z davrlarida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher 
Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z 
asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks 
etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik 
madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning 
mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs taʼlim-
tarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Ularning 
pedagogik madaniyatlari zamirida bolani tushuna olish, unga nisbatan insonparvar 
munosabatda bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan 
ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga 
singdirilayotgan ezgu g‘oyalarning hayotda mavjudligini taʼminlash yo‘lida qudratli 
vosita ekanligiga ishonch hosil qildira olishda o‘z aksini topadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin