Page 322
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun
Yangi O‘zbekiston taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini o‘zida
aks ettirgan yangi va o‘z o‘rnida xalqchil muhim yuridik hujjat bo‘lib, mamlakatimiz
taʼlim sohasining istiqboli uchun yo‘llanmadir. Mazkur Qonun g‘oyalarini amalga
oshirish jarayonida pedagog kadrlar muhim rol o‘ynaydilar. Komil inson va yetuk
malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar
ekan, ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir
qator ijobiy maʼnaviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Qolaversa, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan
jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-eʼtibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv
dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi
bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib,
o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va rag‘batlantirish, maktab
infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari
yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Mamlakatimizda xususiy taʼlim
muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois eksperiment tariqasida kam quvvatda
ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga
berish takliflarining bildirilayotganligi, shuningdek, taʼlimning ushbu jarayoniga Davlat
rahbari darajasida qaratilayotgan eʼtibor – biz kabi bo‘lajak pedagoglarga ham pedagog
shaxsi va unga qo‘yilayotgan talablarga mos tarzda sifatli taʼlim olib, o‘z ustimizda
tinim bilmay ishlashimiz uchun masʼuliyatli daʼvat hisoblanadi. Zotan, yurtimizning
kelajak avlod vakillarini ayni vaqtda biz kabi oliy taʼlimda tahsil olayotgan yosh
pedagoglar tarbiyalaydilar.
REFERENCES 1.
O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni;
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2020-yil
30-oktabrdagi “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi
rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi” bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi
nutqi;
3.
Azimova T. Pedagogik-psixologik tashxis va uning o‘quv jarayonidagi ahamiyati. –
Toshkent. 2017.
4.
Ziyamuhammedov B. Pedagogika. – Toshkent. 2014.
5.
Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA
FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI.
Scientific progress ,
1 (5).
6.
Turg’Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA
“O’TTIZ YILLIK URUSH” NING AHAMIYATI.
Scientific progress ,
1 (5).