Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar shohrux Nuraliyev



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155375
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-shaxsi-va-unga-qo-yiladigan-talablar

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 317
yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish 
yo‘lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar orqali 
maʼlumotlar berib, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni 
chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar 
kattalarning namunalari asosida o‘zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar 
bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub 
inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo‘lishi, shuningdek, urug‘ jamoasi 
tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga 
nisbatan munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi. 
Turli tabiiy ofatlar taʼsiridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan 
kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli ozik-ovqatlarni jamlab olishga 
bo‘lgan tabiiy ehtiyoj – yoshlarga hayotiy tajribalarni maʼlum mehnat faoliyati 
yo‘nalishida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga 
muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o‘rgatuvchi kishilar 
guruhi shakllandi hamda bolalarga maʼlum yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarni berish 
maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda 
(Bobil, Misr, Hindiston)da paydo bo‘lib, ularda bolalarga maʼmuriy-xo‘jalik boshqaruvi 
asoslari o‘rgatilgan. Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining 
muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday 
joylar “akademiya” deb nomlangan. “Akademiya” so‘zi afsonaviy qahramon Akadema 
nomidan kelib chiqqan. Miloddan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi “Akadema” nomi 
bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga maʼruzalar o‘qigan bo‘lib, 
keyinchalik, taʼlim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. 
Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga 
yuklatilganligini ham alohida taʼkidlash o‘rinli. Jamiyatning tabaqalanishi natijasida 
quldorlik tuzumida bolalarni taʼlim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini 
qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning maʼnosi 
“bola yetaklovchi” demakdir. Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga 
tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan 
atala boshlaganlar. 
Feodalizm davrida aksariyat maktablar musulmon mamlakatlarida masjidlar yoki 
Hindistonda ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy 
bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o‘rgatilgan. O‘rta asrlar davrida esa Sharqda 
akademiya ko‘rinishidagi taʼlim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo‘lib, ular 
«Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag‘dod), “Maʼmun akademiyasi” (XI ar boshlari, 
Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida 
nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan 
qomusiy olimlar jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, 
mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin