Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Inklyuziv ta’lim madaniyati



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə102/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Inklyuziv ta’lim madaniyati. «Salamanka deklaratsiyasi»ga muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab- quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bu kontsepsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuzivga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi. Biroq inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati heklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida «inklyuziv» yoki «integratsion» ta’lim atamalari bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu – diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta’limda bolaga alohida yordamga nuhtoj shaxs sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:
Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar urtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.
Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:
ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
o’quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin