Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə103/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘lishi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va bu maxsus ta’lim sohasida mutaxassislikka ega bo‘lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs pedagog nogiron bolalar uchun kerak bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, maxsus resurs qo‘llanmalarni ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar, oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdek, maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun faoliyatini tashkil etish va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari haqida muhokamalar yuritish, hatto nogiron bo‘lmagan bolalarning ota-onalariga ham ma’lumotlar etkazib turadi.
Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat.



  1. Korrektsion pedagogika fani nimani o’rganadi?

  2. Korrektsion pedagogika fani yana qanday nomlar bilan ataladi?

  3. Korrektsion pedagogikaning qanday sohalari mavjud?

  4. Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  5. Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?

  6. Anomal bilan olib boriladigan korrektsion ishning asosiy yo’nalishlariga nimalar kiradi?

  7. Inklyuziv ta’limda deganda nimani tushinasiz?

  8. Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat?

  9. Inklyuziv ta’lim qanday vazifalarni hal etishga yordamlashada?

  10. Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang.

  11. Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering.

  12. Inklyuziv ta’limda resurs pedagogning rolini tushuntirib bering.




Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin