Shakli tuxumga o‘xshar
Gohida kerak shakar.
Rangi sariq oltinday
Mazasi nor don, hay-hay.
48
IV bob
POYA
Poya - o‘simlikning barcha yerusti
organlarini o‘zaro bog‘lab, ulami ildiz bilan
birlashtirib turadigan markaziy tayanch
organi. U ildiz bilan barglar orasidagi
moddalarning harakatini ta’minlaydi va
o‘zida oziq moddalar to‘playdi.
Poyaning shakllanishi, bajaradigan vazifasi bir xil bo‘lsa-
da, daraxtpoyasi, odatda tana, barcha o‘tlarniki esa poya deb
ataladi va ular, ayniqsa, ichki tuzilishi bilan farq qiladi.
§. NOVDA
No vda bilan poyatushunchasi bir-
birigajudao‘xshab ketadi. Novda -
daraxt, buta va yarimbutalarning
o‘zida kurtak va barg hosil qiladi gan
bir yillik shoxi (35-rasm).
Novdalarning po‘sti yashil va
nafis bo‘lib, hujayralarida yashil
rang beruvchi xlorofill donachalari
bor. Novdalarda barglar birikkan
joy bo‘g‘im, ikkitabarg oralig‘idagi
qismi bo‘g‘im oralig‘i deb ataladi.
Barglar qo‘ltig‘ida bittadan yoki bir
nechtadan bo‘lib kurtak joylashadi.
Kuz yaqinlashishi bilan novda-
larning yashil rangi o‘zgarib, qo‘ng‘ir
va qizg‘ish rangga kiradi. Chunki bu
vaqtda ularning po‘sti qalinlashadi
va ostida po‘kak qavat hosil bo‘ladi.
Kech kuzda barglar to‘kilib ketib,
ular qo‘ltig‘ida joylashgan kurtaklar
ochilib qoladi va shu ho Ida qishlaydi.
Novdalar ikki xil bodadi. Agar novda barg vakurtaklardan iborat bodsa vegetativ novda deyiladi. Novdadan gul paydo bodsa generativ yoki gulli novda deb ataladi.
Demak, barg vakurtaklari bodgan daraxt vabutalarning bir yillik novdasi yoki urugddan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.
Novda deb nimaga aytiladi?
Novdada qanday qismlar bodadi?
Kuzda novdalarning rangi nega o‘zgaradi?
Novdalarning qanday xillari bor?
Quyida keltirilgan qaysi daraxt va buta-
larning barg va yosh novdalari kumush rangda
bodadi:
Odik, olma.
Nok, olcha.
Jiyda, chakanda.
Jiyda, behi.
II. Tana hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang:
Olma, bug'doy, terak, qoqiod.
Yong'oq, tut, olma, chinor.
G‘umay, uchqat, ajriq, qo'ngdrbosh.
Uchqat, ajriq, terak.
§. KURTAK
Kurtak-bu boshlangdch novda. Vegetativ kurtak o‘sim- liklarning boshlangdch bargli novdasidir. Generativ kurtak esa boshlangdch to‘pgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan hosil bodadi. Kurtaklar, odatda, barglar qodtigdda bittadanyoki bir nechtadanjoylashadi. 0‘simliklaming turiga qarab kurtaklar may da, yirik va turli shaklda bodadi. Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin kabilaming kurtagi yirik; tut, tol, qayrag‘och, odik, olma vaboshqalamingkurtagi nisbatan mayda bodadi. Ana shunday kurtaklarga qarab odimliklar
turini aniqlash mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. Shuningdek, ular novdaning uchida ham joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, yonida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, yana qodhimcha kurtaklar ham bodadi.
Quyidako‘pchilikkatanish manzarali o‘ simlik-terakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bodadi.
Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) bilan odalgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovugddan, kasallik tug‘diruvchi bakteriya, zamburugdardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobigd ostida joylashgan boshlangdch poyani va zich bodib joylashgan boshlangdch barglarni kodish mumkin (36-rasm).
Olimlarning ta’kidlashicha, kurtaklar qishki tinim davrini o‘tsa, yaxshi o‘sadi. Tajribadan shu narsa madumki, kech kuzda barglar to‘kilgandan keyin daraxt va butalar- ning shoxlaridan kesib olib suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bodtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o ‘ sa bo shlaydi.
51
0‘zbekiston sharoitida daraxt kurtaklari janubiy hudud- larda (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida) shimoliy hududlardagiga qaraganda oldinroq (yanvar oyidan) bodtadi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi madum bir vaqt ichida odadi. Bu davr faza deyiladi.
Yuqorida aytilganidek, kurtaklar gul va barg hosil qiladigan turga bo4linadi. Gul hosil qiladigan kurtaklar, odatda, barg hosil qiladigan kurtaklardan yirikroq bodadi. Masalan, o‘rik, bodom, olxodd va atirgulda. 0‘zbekistonda bahor kelishi bilan o‘simliklarning juda ko‘pchiligida (terak, chinor; tut, jiyda, atirgul va na ’matakda) barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi. O ‘rik, bodom, olxo (ri, olcha, shaftoli kabilarda dastlab gul kurtaklaridan gul ochilib, so‘ngra barg kurtaklaridan barg chiqadi.
Kurtaklar nega boshlang‘ich novda deyiladi?
Kurtaklar o‘sganda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Hamma daraxt va butalarda ham dastlab gul, so‘ngra
barg yoziladimi?
Erta bahorda birinchi bo‘lib qaysi daraxt va butalar
gullaydi?
Erta bahorda bir nechta o‘simlik (tol, terak, bo-
dom, anjir) novdalaridan olib suvga solib qo‘ying.
Oradan 10-15 kun o‘tgach bu novdalarda qanday
o‘zgarish bodganini aniqlang va uni daftaringizga
yozib oling.
Kurtaklaming joylashishini odganish
1. Terak, tol, nastarin, o‘rik, olma shoxlaridagi
uchki va yon kurtaklarni ko‘rib chiqing va ularni
bir-biriga taqqoslang: a) qaysilarining kurtaklari
yirik, qaysilariniki maydaligini aniqlang; b) kurtaklar
ketma-ket, qarama-qarshi, halqasimon joylashganini
ko‘rib chiqing; d) uchki kurtak va yon kurtaklarni
52