Pratov, A, to



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə10/20
tarix15.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98630
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
2015 botanika 5 uzb

Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po ‘stloq hujayralariga qanday o ‘tadi? Bu savolga juda ko‘p mi- sollar bilan javob berish mumkin. Kuzatgan bodsangiz, ayniqsa bahorda o‘simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlangan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko‘p kodgansiz. Yoki yantoq ildiz bo‘g‘zidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bodasiz. Bu suyuqlik o‘z-o‘zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta’sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq moddalami bir hujayradan ikkinchisiga odishida past- dan yuqoriga kodarilishga majbur etadi. Qish kirishi bilan ko‘p yillik odimliklarning ildiz tukchalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi.





33-rasm. Ildizning
tuproqdan suv va unda
erigan moddalarni
shimib olishi.


45




Yoz oylarida 0‘zbekiston sharoitida yogdngarchilik deyarli bodmay, harorat kodarilib, o‘simliklarning suvga ehtiyoji ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o‘simliklar sug‘orib o‘stiriladi. Lekin ekinlami sug‘orishda suvning ortiqcha isrof bodishiga yod qo‘ymaslik kerak.
Shunday qilib, o‘simliklar ildizning bosim kuchi ta’sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalami tuproqdan shimib oladi.





1.0‘simlik ildizining eng muhim vazifasi nimadan
iborat?

  1. Tuproqdagi suv va unda erigan moddalar o‘simlikka
    qanday qilib o‘tadi?

  2. Ildiz bosimining roli nimadan iborat?

  3. Bahorda kesilgan daraxtlar tanasidan nega suy uqlik
    (shira) oqadi?


r





Xona o‘simliklari yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun
ularni qaysi muddatlarda sug‘orish kerakligi haqida
kuzatish olib boring. Bunday kuzatishlami yozda maktab
o‘quv-tajriba maydoniga ekilgan o‘simliklar bilan ham
o‘tkazing. Kuzatish natijalarini yozib boring.


  1. §. 0‘G‘ITLAR

0‘simliklar yaxshi o‘sishi, mod hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o‘g‘it solish kerak. 0‘g‘it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bodadi. 0‘simliklar tuproqdan o‘zi uchun kerakli tuzlami oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ularda ichki va tashqi oczga- rishlar sodir bodishi yoki ular qurib qolishi mumkin.
0‘simliklarning mineral tuzlarga bodgan ehtiyojini aniq- lashga doir ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada, ularda qaysi tuz yetishmasligi sababli, qanday o‘zgarishlar sodir bodishi aniqlangan.


46




0‘g‘itlar, asosan, ikki gu-
ruhga bo‘linadi. Birinchi-
si, hammamizga ma’lum
bo‘lgan organik o‘g‘itlar,
ya’ni go‘ng. Ular tuproqda
chirib, uning holatini yax-
shilaydi va hosildorligini
oshiradi, o‘simliklar uchun
zarur bo‘lgan moddalarni
hosil qiladi. Ikkinchisi - mineral o‘g‘itlar. Bu o‘g‘itlar
kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. 0‘zbekistonda Na~
voiy, Chirchiq va boshqa joylarda mineral o‘g‘itlar ishlab
chiqaradigan zavodlar bor. Mineral o‘g‘itlar har xil bohadi.
Ular azotli (selitra), fosforli vakaliyli o‘g‘itlardir (34-rasm).
Ular o‘simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o‘g‘itlar o‘simliklarning o‘sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar mo‘l hosil to‘planishiga va uning tez pishib yetilishigayordamberadi. Qisqaqilib aytganda, o‘g‘itlar mo‘l hosil garovidir. Lekin o‘g‘it solishda uning me’yoriga qat’iy rioya qilish zarur. Agar tuproqqa mineral o‘g‘itlar me’yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chu- nonchi, me’yoridan ortiqcha solingan o‘g‘it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uning tarkibini bu~ zadi. Eng muhimi, ko‘p miqdorda mineral o‘g‘it solingan yer- dayetishtirilgan hosil (qovun, tarvuz, kartoshka vaboshqalar) tez buziladi, uni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin.
Demak, me’yorida ishlatilgan o‘g‘itlar tuproqning holatini yaxshilaydi va o‘simliklarning hosildorligini oshiradi.





1.Tuproqqa nima uchun o‘g‘it solinadi?
2.0‘g‘itlar necha xil bo‘ladi?

  1. Agar o‘simliklarga zarur mineral tuzlar yetishmasa,
    ularda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

  2. Ekinga ortiqcha mineral o‘g‘it solish qanday salbiy
    oqibatlarga olib keladi?





47




Maktab o‘quv~tajriba dalasida o‘simliklarga
organik vamineral o‘g‘itlar solib, ulaming o‘simlik
hosiliga va atrof-muhitga qanday ta’sir qilishini
kuzating.
Ildizsiz o^imliklar. Bunga hasharotxo‘r o‘sim~
liklardan hisoblangan suv qaroqchisi yaqqol misol
bo‘la oladi. 20-30 sm uzunlikdagi bu o‘simlik bu-
tun tanasi bilan suvga botgan holda o‘sadi. Qizig‘i
shundaki, o‘simlikning to‘pguli suvdan yuqoriga
chiqib turadi. Bu o‘simlikning 0‘zbekistonda 2 ta
Ildiz necha yil yashaydi? 0‘simlikning umri uning ildiz tizimiga bog‘liq. Tanasining yuqori qismi qurib qolib, pastidan yangidan o‘sib chiqqan chinor, tol, terak, zarang, olma, do‘lanalarni ko‘p uchrat- gansiz. Archa 700-800 (1 000), chinor 600-800, sekvoyadendron 4000-6 000, eman 2 000, qarag‘ay 350 (500), yong‘oq 70-100 yil o‘sib, meva beradi. Demak, bu o‘simliklarning ildizi ham shuncha yil yashaydi.










Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin