Pratov, A, to


§. GULLI 0‘SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/20
tarix15.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
2015 botanika 5 uzb

§. GULLI 0‘SIMLIKLAR BILAN
UMUMIY TANISHISH


Gullari turlicha shakl va rangli gul-
qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) hamda uning
i chi da joylashgan changchi va urug‘chiga
ega bodgan, urugdangandan so‘ng meva hosil qiladigan
o‘simliklar gulli oSimliklar deyiladi (6-rasm).
Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘~ lardan tashkil topgan bodadi. Buulaming o‘ziga xos belgilari hisoblanadi.








2


3





6-rasm. Gulli o‘simlik - g‘o‘za:
/-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3-ko‘sagi; ¥-ochilgan ko‘sagi.


9





7-rasm. Hasharotxo‘r o‘siraliklar:
1- nepentes (kuvacha); 2- drosera.


0‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ulaming organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- lanishi, kelgusi naslni o‘zbag‘rida voyagayetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni ocziga jalb etib kelmoqda (7-rasm).
Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. 0‘simliklarning xilma-xilligini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib yetiladigan, ogbrligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi yong4
oqlari, tanasida 200 / gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 mga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bobadi. Bunday ajoyibot-


10




lar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang kodinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat kodki bodgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatdako‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan odalgan bodadi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar, mar- kazida esa urag‘chi joylashadi.
Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bogdiq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi mubitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi mubitga xos belgilar paydo bodgan va bu belgilar vaqt odishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bodgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.
Bundan 140 million yillar ilgari urugdi qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bodgan. 1 2 3 4


1. Barcha gulli o‘simliklar uchun xos bodgan belgilar nimalardan iborat?


2. Gulli o‘simliklarning qanday organlari bor?


3. Gulli o‘simliklar nima uchun xilma-xil bodadi?


4. Bu o‘simliklar qanday sharoitlarda o‘sishga mos­lashgan?





11





Birorta gulli o‘simhkning umumiy tuzilishi bilan
tanishib chiqing. Uni boshqasi bilan solishtirib
ko‘ring. Farqini ayting.
Gullamaydigan o‘simlik guruhlari haqidama’lu-
mot to‘plang.


Gulli (ksimliklarning asosiy organlarini aniqlang:

  1. Ildiz, novda, meva, urug‘, kurtak.

  2. Urug‘, gul, meva, ildiz, barg, poya.

  3. Hoi meva, poya, ildiz, urug‘, kurtak, meva.

  4. Poya, kurtak, ildiz.

Gulli o‘simliklarning organlari bilan tanishish
Laboratoriya mashg‘ulotini tayyor gerbariydan
foydalanib yoki maktab hovlisida o‘sadigan
o‘simliklar bilan tanishish orqali o‘tkazish mum-
kin.
1.0‘simlik organlarini aniqlang.

  1. Gulning tuzilishini (gulqo‘rg‘on bo‘laklari,
    changchi va urug‘chilarni) ko‘zdan kechiring.

  1. §. 0‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI

0‘simliklaming tashqi mubdtgahar xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi.
Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik vakocp yillik o ‘tlarga bo4 linadi.
Daraxtlar-tanasi yog‘ochlashgan, asosan, bitta yo‘g‘on tanali, baquwat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular guli, mevasi, poyasining eni, bo‘yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shox- shabbasi yoyiq; qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik; shamshod





12






va sadaqayrag‘ochniki shar-
simon bodadi (8-rasm).

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin