Plastidalar-hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. Zamburugdar, bakteriyalar, shilimshiqlar hamda kock-yashil suvodlarda plastidalar bo dmaydi. Ular faqat odimliklargaxos. Plastidalar uch xil bodadi: leykoplastlar (rangsiz), xromo- plastlar (zargcaldoq, qizgdsh), xloroplastlar (yashil). Keyingi ikkita plastida o‘simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi. Xromoplastlar bilan xloroplastlar tufayli o‘simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi.
Vakuol-sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan todgan bo‘shliq. U turli shaklda bodadi. Hujayra shirasi tarkibida 70-95% suv va unda erigan ko‘pgina mineral va oqsil, moy, shakar kabi organik moddalar bodadi. Bu shiratarkibigakoda mevalarning ta’mi shirin, nordon va achchiq bodadi.
Shuni ham aytish kerakki, o‘simliklarning turli organ- lari dagi hujayralar har xil vazifani bajaradi. Masai an, barg, ildiz, poya va mevalar qobigdning hujayralari ulami tashqi noqulay sharoitdan-yomgdr, shamol, sovuq, issiqdanhimoya qiladi.
Urug% ildiz va boshqa organlarda oziq moddalar gcamlaydigan hujayralar bodadi. Bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yigdndisi tckqima deyiladi. Shunday qilib, hujayralar hujayra qobigd, sitoplazma, magdz, plastidalar va vakuoldan tashkil topgan.
1.0‘simliklar hujayrasi qanday asosiy qismlardan
iborat?
Hujayralar qobig‘i qanday vazifani bajaradi?
Mag‘izning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Plastidalar necha xil bodadi va qanday vazifalarni
bajaradi?
Yuqorida aytilganidek, o‘simlik hujayralari qaysi organga tegishliligiga qarab shakli, hajmi va joylashishiga kcdra bir-biridan farq qiladi (19-rasm). Hujayralardagi bu farq o‘simliklar turiga va yashash sharoitiga bogdiq.
Hujayralarning xilma-xilligini kohish uchun o‘simliklar- ning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak.
Misol uchun piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qobigbdan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum oynasidagi tomchi suvga qocyiladi. Uning hujayralari shakhning cho‘ziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalarning rangsizligi bilan boshqa o‘simlik hujayralaridan farq qiladi (20-rasm).
Hujayralar odchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi endi sizga ma’lum. Haqiqatanham, ko‘pchihko‘simhklarning hujayrasi juda kichkina bodadi. Lekin yiriklari ham bor. Ma-
27
20 -rasm. Piyoz po‘sti
hujayralarining mikroskopda
ko‘rinishi
sal an, chigit yuzasidagi tola (tuk) bittahujayradan iboratbodib, uzunligi 3^1 sm gayetadi (21-rasm).
Shunday qilib, har xil turga tegishli o‘simliklar hujayrasi o‘ziga xos shaklda bodishiga ishonch hosil qildik. Hatto bir tup odimlikning turli organlaridagi hujayralar ham har xil- cho‘ziq, yumaloq, ko‘p qirrali va boshqa shakllarda bodishi mumkin. Hujayralar shakliga va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil tuzilgan bodadi.
Hujayralar shakl jihatidan bir-biridan qancha farq qilmasin, ularning ichki tuzilishi o‘xshash bodadi.
1.0‘simliklar hujayralari qanday shakllarda bodadi?
Piyoz pardasi hujayralari boshqa hujayralardan
qanday farq qiladi?
Chigit tolasi hujayralarining o‘ziga xosligi ni~
malardan iborat? U piyoz hujayralaridan qanday
farq qiladi?
28
To‘g‘ri javobni toping!
1.0‘simlik hujayralarining barchasi bir xil bo‘ladi.
2.0‘simlik hujayralari har xil bo‘ladi.
3.0‘simlik hujayralari, asosan yumaloq bo‘ladi.
4.0‘simlik hujayrasiz bo‘ladi.
5.0‘simlik hujayralari cho‘ziq bo‘ladi.
6.0‘simlik hujayralari ko‘zasimon bo‘ladi.
Piyoz pardasidan preparat tayyorlang. Buning
uchun uni qurigan po‘stidan tozalang va etli
po‘stidan bir bodak kesib oling. Qisqich bilan
po‘stdan yupqa shaffof pardani ajratib olib, uni
buyum oynasi ustidagi suv tomchisiga qo‘ying
va ustini qoplagich oyna bilan yoping. 2.Tayyor
bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘ring. Botanikadan tutgan
daftaringizga piyoz pardasi hujayralarining tuzilishini chizing
va tarkibiy qismlari nomini yozing. 3.Chigit tuklaridan preparat
tayyorlang. Buning uchun namlangan chigit tuklaridan ajratib oling
va uni buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘ying. Tuklami nina bilan
to‘g‘rilang va ustini qoplagich oyna bilan yoping. 4. Tayyor bo‘lgan
preparatni mikroskopda ko‘ring.
Unda ko‘ringan hujayraning rasmini chizing va tarkibiy qismlari nomini yozing.
Tirik hujayralar ichidagi harakatni kuzatish hammani qi- ziqtiradi. Bu harakatni akvariumda ckstirilgan elodeya suv- octidan tayyorlangan preparatda kocrish mumkin. Elodeyaning barglari bir qavat hujayralardan tuzilgan bodadi, uni mikroskopda butunligicha kobish mumkin (22-rasm).
Elodeya suvda o‘sganligi uchun mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda obgandek tirik bodadi. Shu- ning uchun uning hujayralaridagi sitoplazmaning uzluksiz harakati aniq kobinadi. Sitoplazma bir yo‘nalishda ha- rakatlanadi, yahii hujayraning turli qismidagi oziq moddalar
29
va kislorodning harakat yo‘-
nalishi tomon siljiydi. Hujay-
ralar qobig‘ida teshikchalar
bo‘lib, sitoplazmaning harakati
davomida bir hujayradagi oziq
moddalar va kislorod ikkinchi
hujayraga shu teshikchalar
orqali o‘tadi. Bu jarayonni
kuzatish uchun hujayra qobig‘i
vazifasini o‘taydigan may-
da (ko‘zga ko‘rinmaydigan)
teshikchali kichkina sellofan
xaltachaga bug‘doy uni dan tayyorlangan ozgina xamir solib,
og‘zi bog‘lab qo‘yiladi va stakandagi yodli suvga tushiriladi.
Vaqt o ‘tishi bilan xamir ko‘kish rangga kiradi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, hujayralar qobig‘i orqali ular ichiga moddalar o‘tgan.
0‘simliklaming har bir tirik huj ayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi. Bu jarayon hujayralarda quyosh nuri ta’sirida, suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo‘lgan holdagina amalga oshadi.
Tabiiyki, tashqi muhitdan hujayralar ichiga zarur moddalar qanday qilib kirishi mumkin, degan savol tug‘iladi. Hujayralar qobig‘i va sitoplazma o‘zi orqali hamma modda- lami ham o‘tkazavermaydi. Masalan, tuproqdan hujayralar ichiga suv va unda erigan moddalar kiradi.
0‘simliklar huj ayrasi ichiga tashqaridan kirgan turli eritmalar qayta ishlanib, hayotiy zarur moddalarga aylanadi.
Shunday qilib, hujayralar ichiga tashqaridan turli moddalar kiradi. Bu hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biridir.
Hujayralarning o4sishi va bo4linishi. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o‘sishi va bo‘linishidir. Hujayralarning o‘sishini mikroskopdakuzatish ancha murakkab bo‘lsa-da, lekin kuzatish mumkin.