Pratov, A, to



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/20
tarix15.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
2015 botanika 5 uzb

4 3


24-rasra. Hujayraning bo‘linishi:
1-ona hujayra bodinguncha; 2-bo‘linish oldidan hujayra
magdzi kattalashadi; 5-mag‘izi ikkiga ajralgan hujayra;
4-yosh hujayralar. Ular sitoplazmadagi to‘siq orqali ajralib turadi.


Hujayra asosan uch xil: amitoz, mitoz va meyoz yodlari bilan bodinadi. Bodinadigan hujayralarda dastlab magdz kattalashadi, so‘ng ikkiga bodinadi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham tcdsiq pay do bo‘lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayrabodinishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga odadi. Hosil bodgan yosh hujayralar o‘zidagi oziq moddalar hisobiga o‘sishda davom etadi. Ular ona hujayra odchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bodinadi. Shunday qilib, o‘simhklarningo‘sishi hujayralaming bodinib ko‘payishi va o‘sishi hisobigaboradi.





  1. Elodeya bargi hujayralaridagi sitoplazmaning hara-
    katini qanday kuzatish mumkin?

  2. Hujayralar ichiga moddalar qanday kiradi va ular
    qanday o‘zgarishlarga uchraydi?


32




  1. Hujayralar o‘sish jarayonida qanday o‘zgaradi?

  2. Yosh hujayralar ona hujayralardan qanday farq
    qiladi?

  3. Hujayralar bodinishida magdzda qanday o‘zga-
    rishlar sodir bodadi?

Elodeya o‘simligidagi sitoplazmaning harakatini
harorat ta’sirida o‘zgarishini kuzating.





  1. §. 0‘SIMLIK TO‘QIMALARI

0‘tgan darslarda Siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi, shakli o‘xshash, muayyan bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar ham bor. Bunday hujayralar to‘plami to‘qima deyilishini bibb oldingiz. To‘qima o‘simlik organining asosini tashkil etadi. 0‘simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi organ deyiladi.
0‘simlik to‘qimasi haqidagi dastlabki madumot XVII asrda Malpigi va Gryu asarlarida bayon etilgan. 0‘simlik hujayralari bir xil bodsa oddiy to‘qimali, har xil hujayra­lardan tashkil topgan bodsa, murakkab to‘qimali o‘simlik deyiladi. 1682-yili ingliz tabiatshunosi N. Gryu to‘qima tushunchasini fanga olib kirdi. To‘qimalar joylashishi va ba­jaradigan vazifasiga ko‘ra xilma-xil bodadi (25-rasm).
Qator morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qa- rab o‘simliklarda quyidagi to‘qimalar bodadi: hosil qiluvchi to'qima, qoplovchi to'qima, asosiy to'qima, ajratuvchi to 'qima, o ‘tkazuvchi to ‘qima. Ba’zan bular- ga yana boshqa to‘qimalarni ham qo‘shib o‘rganiladi, masalan, assimilyatsiyalovchi to‘qima, g‘amlovchi to‘qima, mexanik to‘qima va boshqalar.
Hosil qiluvchi to4qima (meristema). Bu to‘qima o‘simbk hayoti bilan uzviy bogdiq. 0‘simlik hujayrasi shu to‘qima


3— Botajnlka, 5-sinf


33





25-rasm. 04simlik to‘qimalari.
2-hosil qiluvchi to‘qima:
a-ichki; £>-yon; 2-asosiy to‘qima: a-assimilyatsiyalovchi;
Z?-g‘amlovchi; 2-o‘tkazuvchi to‘qima: a-naylar; £>-elaksimon naylar;
¥-qoplovchi to‘qima: a-epiderma; 6-po‘kak; 5-mexanik to‘qima:
a-yog‘ochlik tolalar; £>-lub tolalar.


yordamida bo‘linib ko‘payadi va yangi to‘qima hamda or- ganlar hosil bodadi. Natijada o‘simlik o‘sishda davom etadi. Hayvonlarda bu to‘qima bodmaydi. Meri sterna to‘qimasi o‘simlikning turli qismlarida joylashadi. Bu to‘qima hujay- ralari yupqa va egiluvchan bodadi. Ular o‘simlikning eniga va bo‘yiga o‘ si shiga yordam beradi.
Asosiy to4
qima. Bu to‘qimaning eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini, ya’ni o‘simliklarda moddalar almashi- nuvini amalga oshirishdan iborat. Uning tarkibiga assimilya- tsiyalovchi, suv saqlovchi va g‘amlovchi to‘qimalar kiradi. Mazkur to‘qima yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to‘qimalar xlorofilli parenxima yoki xlorenximalar deb ham yuritiladi.
Xlorenxima yunoncha xloros - yashil, enxima - toddirilgan degan ma’noni bildiradi. Ular yashil barg, yashil novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan.


34




(idunlovchi to‘qima. Bu to'qi mad a fotosintez jarayonida hosil bodgan oziq moddalar, kraxmal, oqsil, karbon suvlar, vitaminlar, yog4 lar to 'planadi va uzoq muddat saqlanadi. Ular o'simlikning deyarli barcha organlarida bo'ladi. Jumladan, urug'larda to'planib, murtak rivojlanishi uchun sarflanadi. Cho'ldagi ba’zi o'simliklarda, masalan, sarsazan, buzoq- bosh, qizil sho'ra, baliqko'z va boshqalarda shiraga boy hu- jayralar bo'lib, ularda asosan suv saqlanadi. Suv saqlovchi hujayralar o4 simliklaming barg va novdalarida bo'ladi. Zarurat bodganda o'simlik shu suvdan foydalanadi.
Qoplovchi tc^qimaning chiqib kelishi o'simliklarni suvli muhitdan quruqlikka moslashishidanboshlangan. Qop­lovchi to'qima organlami qurib qolishdan vatashqi muhitning noqulay sharoitlaridan, mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi. Bular ham ontogenez davrida meristema to4 qimadan vu- judgakeladi. Buto4qima 3 gabodinadi: epiderma, periderma vapo (sdoq. Epiderma gazlar almashinishida, kasal hujayralar- ning sog4 to4 qimaga kirmasligi hamda o4 simlikni tashqi muhit­dan saqlashdaqatnashadi. Buto4qimahampoyavaildizlarda uchraydi. O'simlik qarigan sari periderma o4miga po4stlog4i o4lik to4qimalar paydo bo4ladi.
Odkazuvchi todjima. Bu to'qima o'simlik tanasidagi ozi- qamoddalaming harakatlanishini ta’minlaydi. O'simliklarda suv va unda erigan moddalar pastdan yuqoriga, ya’ni ildizdan tanaga qarab ko4tariladi. Fotosintez jarayonida hosil bo4lgan organik moddalar esa ildiz tomonga qarab harakatlanadi. Bu ikki jarayon odkazuvchi to'qimalar - ksilema vafloema nay- lari orqali sodir bo'ladi. Bu jarayon cho'ldagi o'simliklarda uzluksiz davom etadi va ulaming hayotini ta’minlab turadi.
Mexanik to‘qima. U o'simlikka tayanch (mustahkamlik) beruvchi, qalin qobiqli, cho'ziq, tirik (kollenxima) va o'lik hujayralardan iborat to'qimahisoblanadi. Mexanik to'qimaga poya va ildizning po'stloq hamda yog'ochlik tolalari kiradi.
Boshqacha qilib aytganda, mexanik to'qima: tirik (kol-


35




lenxima), odik (sklerenxima) va sklereid to‘qimalardan iborat. Kollenxima tirik, yosh poya va barg bandlarida bodadi. Uning hujayralari bo‘yiga cho‘zilib, o‘sish vaqtida epiderma ostida joylashgan birlamchi pcdstloqning paren- xima hujayrasida yuzaga keladi. Shuning uchun o‘simlik cho‘zilib o‘sish xususiyatiga ega. Kollenxima asosan uch xil bodadi: burchaksimon, plastinkasimon va g‘ovaksimon. Bular bir-biridan hujayralarining bo‘shliq hosil qilishiga qarab farq qiladi.
Sklerenxima - qattiq (mustahkam) to‘qimalar tuzilishi ji- hatidankollenximadan farq qiladi. Poyaning podtloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari
deyiladi. Kambiydan hosil bodgan sklerenxima libriform deb ataladi. Sklerenxima 2ga bodinadi: 1) lub tolalari; 2) sklereid, yadii tosh hujayralar. Shunday qilib, hosil bodishiga koda kollenxima to‘qimalari o‘simliklarga mustahkamlik berib turadi.
Ajratuvchi tcPqima tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil bodgan hujayralardan hosil bodadi. Bu hujayra vakuol- larida efir moylari, kauchuk, balzam va smolalar to‘planadi. Xulosa qilib aytganda, odimliklardagi ortiqcha moddalar bu to‘qimalar orqali tashqariga chiqarib turiladi.





  1. Tocqima deb nimaga aytiladi?

  2. To‘qimalar necha xil bo‘ladi?

  3. Qaysi to‘qfma orqali fotosintez jarayoni amalga
    oshadi?

  4. Daraxtlar qaysi to‘qima hisobiga bo‘yiga va eniga
    o‘sadi?

  5. Qaysi to‘qima daraxt shox-shabbalariga mustah-
    kamlik beradi?


1 jr
Bir boshoq don —bir savat non.


36



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin