Tugunak va ildizpoyalar ham o‘simliklaming shakli o‘zgargan yerosti novdasidir. Tugunak o‘simliklarga ham- mamizga tanish boTgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali o‘simliklarga esa g‘umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiyaga o‘xshash turlar kiradi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yerostidagi organlarida hosil boTadi. De- mak, kartoshka shakli o‘zgargan yerosti novda ekan (43-rasm). U, asosan, yumaloq shaklda bo Tib, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o‘xshaydi. Tugunaklari dagi chuqurcha-
68
larda- ko ‘ zchalarida kurtaklar
joylashganligi bilan boshqa
yerosti novdalardan farq qi-
Tugunaklar issiq, sernam
sharoitda tez ko‘kara bosh-
lay di.
ladi.
43-rasm.
Kartoshka tugunagi.
Tugunakdagi kurtaklardan
yangi novda o‘sib chiqadi. Kurtaklaming ko‘p qismi tugunak- ning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o‘sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzi- lishi poyanikidan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod erit- masi tomizilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘simlikdagi singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakarga aylanadi va po‘stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to‘planadi.
Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ulaming kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziqlanadi va o‘sadi.
So‘nggi yillarda kartoshkani ko‘zchalaridan ekib, hosil olishga katta e’tibor berilmoqda.
Kartoshkaning inson hayotidagi ahamiyati benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Ildizpoya. Ildizpoyalarda qo‘shimcha ildiz, shakli o‘z- gargan barg va kurtaklar bo‘ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o‘sib chiqadi. Bunday o‘simliklarni ariq bo‘ylarida, zax yerlarda, o‘simliklar orasida, xususan, paxtazorlardako‘plab uchratish mumkin.
69
44-rasm.
Ildizpoyalar: g‘umay.
Ildizpoyalarda ham krax-
mal va boshqa oziq modda-
lar to‘planadi. Ildizpoyali
o‘simliklardan g‘umay bi-
lan tanishamiz (44-rasm).
U ko‘p yillik yo‘g‘on ildiz-
poyali ob. Poyasi 50-150 sm
balandlikda. Barglari qalami
nashtarsimon. Ildizpoyasi va urugbdan ko‘payadi. G‘umay
sug‘oriladigan ekinlargakatta zarar keltiradigan o‘simliklardan
hisoblanadi. Uni yo‘qotish uchun kuzda yemi chuqur hay dab,
ildizpoyani terib tashlash kabi choralar kobiladi.
Ildizpoya obimhkning vegetativ ko‘payishi uchun xizmat qiladi. Ildizpoyalarda ham ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘p- lanadi. Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo ‘ shimcha ildizlar, shakli o ‘ zgargan barg va kurtaklar bobadi.
Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yerosti novdalari shaklining o‘zgarishidan hosil bobadi.
Kartoshka tugunagi nima?
Kartoshkaning tugunagi da moddalar qanday to‘pla-
nadi?
Kartoshka «ko‘zcha»laridan ko‘payadimi?
Ildizpoya nima?
Ildizpoya shakli o‘zgargan novda ekanligini qanday
isbotlash mumkin?
Ildizpoyali begona o‘tlarga qarshi qanday kurashish
mumkin?
Tugunakli oSimliklar qaysi qatorda to'g'ri
kobsatilganligini aniqlang:
Qovun, yeryong‘oq, karam, kartoshka.
Batat, kartoshka, shoyigul.
Salomalaykum, batat, gladiolus, lavlagi.
Kartoshka, qovun, tarvuz.
70
Vbob. BARG
Barg-novdaning bir qismi bo‘lib, o‘sim-
liklardagi muhim hayotiy jarayonlar (foto-
sintez) asosida organik moddalar hosil
qiluvchi, suvni bugdatuvchi vanafas oluvchi
asosiy vegetativ organi.
§. BARGLARNING TASHQITUZILISHI
Barg, asosan ikki qismdan: barg
yaprogd va barg bandidan tashkil top-
gan (45-rasm). Ayrim odimliklar barg
bandining pastki qismida yon bargeha-
lar ham bodadi. Ba’zi odimliklarning
bargi bandsiz bodadi. Bunday barglar
bandsiz barg deyiladi. Barglar poya-
ga yoki novdaga, odatda, barg bandi
bilan birikadi. Bandsiz barglar poyaga
yaprogdning pastki (ostki) qismi bilan
birikadi (46-rasm). Bandli barglar ta-
biatda ko‘p tarqalgan. Masalan, olma,
o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjdr, tok,
bodring, qovun kabi mevali va poliz
ekinlari, manzarali o‘simliklarning bargi
bandli; lola, shirach, gulsafsar, bug‘doy,
makkajo‘xori, arpa, sholi kabi o‘simlik-
laming bargi bandsiz bodadi.
Ko‘pchilik o‘simliklaming bargi va
bargchalari aniq ko dinib turadigan va
ko‘z bilan kodib bodmaydigan tomirli
bodadi. Odatda, ular bargning orqa to-
monida yaxshi kodinadi. Tomirlar barg
bandidan bargga odib shoxlanadi. Shu
tomirlar tufayli barg mustahkam bodadi.