shartlardan yana biri savdogar boshqa savdogaming savdosini buzmasligidir.
Bir savdogar boshqa savdogaming savdosiga: birinchidan, toki o ‘zi nixsat
bermaguncha va ikkinchidan esa u odam savdoni tark etmaguncha
aralashmasligi va uchinchidan esa, biror molni sotib olish uchun uning
savdosini aynitmasligi lozim. Payg'ambarimiz:
«Birortangiz birodaringiz
savdosini ustiga savdo qilmangiz!»
(56-bob) deganlar. Bu gapdan boshqalar
molini olib qolib qimmatroq narxda sotish, aldash maqsadida narxni ataylab
oshirish, savdogar savdosi ustiga savdo qilishga yo‘l qo‘ymaslik kabi
m azmunlar yotadi.
Savdo-sotiq ishida sudxo‘rlik qoralanadi, 22-bobda: «Sudxo‘r bo‘lgan
kimsalar qiyomat kuni jin chalgan m ajnun kabi turadilar», deyilib,
sudxo‘rlar uchun u dunyoda ham jazo borligi aytiladi. 23-bobda sudxo'r
xususida gap ketib, «Ey m o‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan
ham m o‘m in bo‘lsangiz, sudxo‘rlikni tark qilingiz! Agar (farmonimizni)
bajarmasangiz, u holda Alloh va uning Rasuli tom onidan (sizlarga) urush
e ’lon qilinur. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o ‘zingizga — zolim ham,
mazlum ham bo‘lmas. Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kutingiz.
Agar bilsangizlar, (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o ‘zingiz
uchun yaxshidir. Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo'rqingiz!
So‘ngra, har bir jonga qilgan amaliga yarasha to ‘la jazo
berilur va hech
kimga zulm qilinmas», deyiladi.
G ‘irromlik qilish ham sudxo'rlikning bir ko'rinishi sifatida qoralanadi.
Bo‘nak (avans) —hadisiy qoida.
Hadisda bo‘nak berib mol olish haqida
hammasi b o ‘lib 8 ta bobdan iborat bo'lgan kichik kitob ham berilgan
bo‘lib, unda bo‘nak (avans) berib mol olishda kafolat berish, molning
bir qismini m a’lum muddatda uzish sharti bilan mol olish kabi holatlarni
adolatli hal etish usullari ko'rsatib berilgan.
Kitobning 2-bobida Payg‘ambarimizning Madinaga kelishi xususida gap
ketganda, odamlar bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini bir-ikki yil ichida
o ‘z sharti bilan samar (don-dun, meva-cheva va sabzavot)
berish odati
mavjud bo'lgani yoziladi. Payg‘ambarimiz odamlarga yanada qulayroq
bo'lishi va masalani adolatliroq hal etish maqsadida: «Kimki bo‘nak
(avans) berib, qolgan haqini ersa m a’lum m uddatda uzish sharti bilan
xurmo (va undan bo‘lak narsalar) oladirgan bo‘lsa, o ‘lchanadirganini
o ‘lchab, tortiladirganini tortib olsin», deb o ‘z m aslahatini beradi.
Shuningdek, ushbu kitob Payg‘ambarimiz davrlarida odam lar bo‘nak
(avans) berib, qolgan haqini m a’lum m uddatda uzish sharti bilan
mahsulotlarini o'lchab, tarozida tortib olingani, nasiyaga taom sotib olishda
48
qolgan haqning kafolati uchun tem ir sovutlar garovga
qoldirilgani kabi
rivoyatlar bor. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi paytda
ham kishilar o ‘rtasida m a’lum muddatni kelishib olib, bir-birlariga yer
yoki pul qarz berib, uning evaziga yoki bir qismiga qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, hayvon yoki boshqa tovar olish odati juda qadimdan mavjud
bo'lgan va u kundalik hayot taqozo etgan
talablar asosida tobora
takomillashib bormoqa.
Hadislarda ju f a kitobi ham berilgan bo‘lib, undagi uchta bobda ju f aning
mohiyati va ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Unda taqsimlangan, hali chegarasi
aniq belgilanmagan umumiy mulkda ju f a huquqi borligi, lekin ular
taqsimlanib,
chegaralari aniq belgilanib, uning egasi aniq bo‘lsa, bu
huquqning barham topishi xususidagi fikr talqin etilgan.
J u f a iqtisodiy va huquqiy asnoda yerlari tutash bo'lgan qolshnilaming
bir-birlarining uy va yerlarini ham da biror mulkka sherik yoxud biror
mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilaming bir-birlarining ulush nasibalarini
birinchi b o ‘lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‘lib
ulushni kim sotib olish huquqiga ega ekanligiga e’tibomi qaratish lozim va
bunday fikrga kitobning 2 va 3-boblarida berilgan rivoyatlarda yanada aniqlik
yuritilib, qo‘shnisining ijozatisiz o ‘z
uyi va yerini, sherigining ruxsatisiz
o ‘z ulushi (nasibasi)ni sotolmasligi, sotganda ham agar ikkita qo‘shnining
qay birining eshigi o ‘zingga yaqinroq bo‘lsa, faqat unga boshqalarga
qaraganda arzonroq naixda sotish lozimligi ko‘rsatilgan. Bunda Payg‘amba-
rimizning: «qo‘shni qo‘shniga uy-joylarining tutashligi birlan boshqalardan
ko‘ra haqliroqdur», degan maslahatlari hech qanday jamoaga tegishli
bo‘lmagan, taqsimlanmagan umumiy mulkka nisbatan ju f
a huquqiga asos
qilib olinganligini ta ’kidlab o ‘tish lozim.
Dostları ilə paylaş: