Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə130/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Sotsium insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.
Submadaniyat – muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tayanch shaxs – insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir hil bo’ladi, biroq ularning namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tibbiy - ijtimoiy yordam – ta’lim-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
SHaxslararo munosabatlar – ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.
SHaxslararo muomala – insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari to’g’rilanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
Shaxsning hayot tarzi – maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.
Shaxsning o‟z –o‟zini rivojlantirishi bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik Yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin