Ijtimoiypedagogikprofilaktika– bolada turli faollik turlarining namoyon bo’lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat – bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat. Ijtimoiy pedagogik faoliyattexnologiyasi – ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari majmuasi.
Ijtimoiypedagogikyordam– bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy profilaktika– turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.
Ijtimoiy-psixologik yordam – oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.
Ijtimoiyreabilitatsiya– insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
Ijtimoiyreabilitatsionyordam– bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini tiklashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy sog‟lik – individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
Ijtimoiytajriba– turli ko’nikmalar va malakalar, va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi.