Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə125/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Pedagogik tashxis o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differentsial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Pedagogik texnologiya – ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod, loyihalashtirish, butunlik va boshqarish hisoblanadi. Bu pedagogik texnologiyalar ish samaradorligini oshirishi, har qanday sharoitlarda qo’llaniladi, bir- biri bilan bog’liq aniq ifodalangan bosqichlarga egaligidan dalolat beradi.
Pedagogik qarovsizlik – shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi.
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat – bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi boyicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.
Rahmdillik – kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Reabilitatsiya bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish,
ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan professional tayyorganrlik asosida erishiladi.
Referent guruh – inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.
Refleksiya – insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti – harakatlari, hislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin