Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə124/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Kommunikativlik – shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.
Kompensatsiya buzilgan funktsiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik – umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati. Korrektsion tarbiya jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat – jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik – bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
Men” konseptsiyasi – insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium – o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik – bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila – insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy institut.
Ontogenez hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-prenatal va postnatal.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin