Qarshi innovatsion ta’lim universiteti
GLOSSARIY Avtonomlashuv – (yunoncha, “avto” – o’zim, “homus” – qonun) o’z – o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish. Adaptatsiya – insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati. Anamnez – ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, oyin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi. Anomaliya – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan og’ish. Anomal bolalar – normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzilishlar bo’lgan bolalar. Ularni yengib o’tish uchun maxsus metodlar talab qilinadi. Affektiv buzilishlar – emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funktsional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Bolalar jinoyatchiligi – salbiy ijtimoiy huquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi. Bolaning ijtimoiylashuvi – uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.A. Galaguzova) Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi – bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi. Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi – uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi. Yüklə 4,45 Mb. Dostları ilə paylaş: |