Ijtimoiypedagog– ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi boyicha o’rta yoki oliy professional ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.
Ijtimoiy pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.
Ijtimoiy pedagogik bashorat –bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.
Ijtimoiy pedagogik markaz –ijtimoiy psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmog’i.
Ijtimoiy pedagogning professional maqomi – sub’ektning huquq, majburiyatri va vakolatlarini aniqlab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o’rni. Ijtimoiy pedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy ijtimoiy pedagog, jamoaviy ijtimoiy pedagog, oilaviy ijtimoiy pedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiy pedagogi. Biroq professional maqom obro’-e’tiborini aniqlab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Ijtimoiypedagogikfaoliyatmetodikasi– ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, shakli, usullari, vositalari va nazorati majmuasi.
Ijtimoiy pedagog reflektsiyasi – har bir bosqichda o’z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini o’rganish.
Ijtimoiypedagogikreabilitatsiya– bola organizmining ba’zi buzilgan funktsiyalari, uning ijtimoiy maqomining o’zgarishi va unda og’uvchi xulq-atvorning paydo bo’lishi bilan bog’liq bolaning ijtimoiy aloqalarni yo’qotishini tiklashga qaratilgan choralar tizimi.