Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə80/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.




Adaptatsiya atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi.
Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud bo’lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi.
Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi.
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurish-turish shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi. ijtimoiy
adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikro ijtimoiy muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir ko’rsatadi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va sog’ligi ko’rsatkichlari ham doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga ko’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Ko’nikish bosqichlari:

  1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi mikroijtimoiy muhit talablari va odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi. Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi, infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi.

  2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi yurish- turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi (60 kungacha).

  3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi.

Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani murakkabligi bo’yicha tasniflash imkonini beradi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin