L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
8-MODUL IJTIMOIY PEDAGOGNING OILA BILAN OLIB BORADIGAN FAOLIYATI.
MAVZU: MTTDA PSIXOLOGIK-IJTIMOIY VA REABILITATSION YORDAMNINGIJTIMOIYPEDAGOGIKXIZMATI.O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASISHAROITIDAIJTIMOIYPEDAGOGNINGISHI XUSUSIYATLARI
Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati.
MTTda psixologik-ijtimoiy va reabilitatsion yordamning ijtimoiy pedagogik xizmati
Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
Oila va uning o’ziga xosliklari
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda eng muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z
o‘zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqeini hozirgacha ushlab turibdi. O‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ko‘pbolali o‘zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta’sir qilmoqda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan.
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda, u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Jamiyatda oila bir nechta funksiyalarni bajaradi.