Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə86/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-bolalar uyida bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan pastdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun bolalar uyidagi kundalik faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin namoyon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha sermahsuldir.
Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari va ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli vaziyatlarda ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari tomonidan tushunilmasligi va hokazo.
Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. SHunday qilib olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va ehtiyoj sohasini aniqlashdi.
O’smirlik yoshida bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga, o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar, shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi- bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:

ijtimoiy pedagog tashxis
qo’yish va maslahat

ijtimoiy profilaktik
faoliyat

ijtimoiy tarbiya

Maqsadi: shaxs sotsiogenezi dinamikasini kuzatish, uning buzilish sabablarini aniqlash; Ijtimoiypsixologik muammolarini va ularni xal qilish usullarini o’rganish; Tarbiyachilarning ijtimoiy adaptatsiyalari xususiyatlarini o’rganish;
ijtimoiy tavakkal guruhi tarbiyalanuvchilarini aniqlash; Bolalar qiziqish va qobiliyatlarini o’rganish; ijtimoiy rivojlanishning individual xaritalarini tuzish; Bolalar rivojining ijtimoiy tarmoqlva individual vaziyatiga tashhiz qo’yish;
Bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishlariga tashhiz qo’yish; ijtimoiy xulq-atvordan chetga chiqishlariga tashhiz qo’yish.

Maqsadi: bolalar ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlarni oldini olish, shaxsning to’liq rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish;
Bolalarda ruhiy keskinlik profilaktikasi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qulay ijtimoiypsixologik mikromuhit yaratish; tarbiyalanuvchilarning o’z oilalari, pedagoglar va tengdoshlari bilan muloqot qilishlarining eng optimal yo’lini tanlash; shaxsiyatlararo munosabatlarning profilaktikasi dasturi. ijtimoiy zararli illatlar (araqxo’rlik, giyohvandlik, taksikomaniya)ning profilaktikasi dasturi.

Maqsadi: shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga faol ta’sir ko’rsatish, ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya dasturlari orqali unga ijobiy ta’sir ko’rsatish; Hayotiy malakalar va ko’nikmalarni rivojlantirish dasturi;
Profiariyentatsiya dasturi: Jinsiy tarbiya va oilaviy hayotga tayyorlash dasturi; Aloqa ko’nikmalari va muloqat madaniyatini rivojlantirish dasturi;
Xulq-atvordagi turli chetga chiqishlarni (agressiya, avtoagressiya, adiktiv xulq- atvor, uyatchanlik, autiz) to’g’irlash dasturi.
Xarakter aksentuatsiyalarining psixoterapiyasi dasturi.
“Men” obrazining to’g’irlash dasturi

O’z faoliyatida ijtimoiy pedagog bir qator vazifalarni hal qiladi:



  1. bolaning ijtimoiy maqomini aniqlash;

  2. tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanish dasturini tuzish;

  3. bola adaptatsiyasi, intergatsiyasi, reabilitatsiyasi;

Shu bilan birga u o’z faoliyatida tashhiz qo’yish, bashorat berish, reabilitatsion vositachilik va patronaj o’tkazish vazifasini ham bajaradi. ijtimoiy pedagog faoliyati bola ijtimoiy maqomini aniqlashdan boshlanadi. Hujjatlarni o’rganish, suhbat, test o’tkazish yo’li bilan ijtimoiy pedagog yechishi lozim bo’lgan muammolarni aniqlaydi. Bola kasallanishini tashhizi qanchalik aniq qo’yilsa, unga berish mumkin bo’lgan yordam turini aniqlash oson bo’ladi. Bolaning tarbiyasi jamoada kechadi, shuning uchun ijtimoiy pedagog bolalar jamoasini ham to’liq o’rganadi.
Buning uchun ijtimoiy pedagog tomonidan “bolani o’rganish varaqasi” hamda “Bolaning individual xaritasi” to’ldiradi.
Bolani o’rganish varaqasi
O’g’il bola

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin