Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə89/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Reproduktiv funksiya. Bu funksiya naslni davom ettirish bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda, oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning darajasi, ekologiyaning inson salomatligiga ta’siri bilan izohlanadi.
Iqtisodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil etadi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv funksiya. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o‘rganadi.
Xo‘jalik-maishiy funksiya. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik taraqqiyot intensiv rivojlanayotgan bizning asrimizda oilaning kundalik yumushlarini (ovqat pishirish, uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va b.) mayishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmoqda.
Tarbiyaviy funksiya. Biz bu vazifani alohida ajratib ko‘rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Yuqorida
“Tarbiya ijtimoiy institut sifatida”, -deb nomlangan qismda ham tarbiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rniga to‘liq to‘xtab o‘tilgan.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin