Tinch, baxtli oilalar – o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o‘z bolasi ehtiyojlariga tez ko‘nikishadi. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya.
Xavfi boroilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Notinch oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik, psixologik yordamlar ko‘rsatadi.
Asotsialoilalar – bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik- gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati.
Ijtimoiypedagogningoilabilanishyuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishga jalb qilish yo‘li bilan hal qilsa bo‘ladi.
Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzishi ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi.
“Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o‘rganish”deb nomlangan qisim ham mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, ota-onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar-kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qishni hohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, foxishabozlik, giyohvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi.