Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə90/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Psixoterapevtik funksiya. Bu vazifa shunda namoyon bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.

O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.


O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izohlanadi:

      1. Inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;

      2. Erta nikohdan o‘tish an’anasi;

      3. Ijtimoiy omillar;

      4. Ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.

Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ko‘pbolali oila – kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko‘p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.
Ko‘pbolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p tamonlamaligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o‘tkazish kerak.
Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan ko‘pbolali o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘p o‘zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. Ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o‘zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi-televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish talabi va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo‘ladi. Bu borada aksariyat
ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim.
O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritsak bo‘ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan ta’lim- tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga bir qator o‘zbek pedagog olimlari aynan ko‘pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘pbolali oila pedagogik munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina ota-onalar ko‘pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi, deyishadi. Ko‘pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari muomola muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar farzandlari axloqiy xislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.
Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘pbolaliylik omili bola tarbiyasiga umuman olganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin