Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə91/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning jamiyatda moslashuvining ko‘rsatkichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta ijtimoiy maqomi mavjuddir.
Ular ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyatli-rolli maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom – oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta va past bo‘lishi mumkin.
Yuqori – daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O‘rta – holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda dam olish, ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past – daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom – bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko‘pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom – ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari bilan xarakterlanadi.
Oilaning ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun ijtimoiy pedagogika, uning xususiyatlarini bilish, ularga baho berish lozim. A. Q. Munavarovning3 fikricha, oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq.
Bu yo‘nalishlar demografik – ko‘pbolalilik, kambolalilik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasining ham bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, shuningdek, oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtta asosiy kategoriya asosida shakllanadi:

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin