xizmati
Har bir hududda bolalar va o`smirlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish xizmati ma’lum kontingent asosida hududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim tizimining reabilitatsiya xizmati – bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishga qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir.
Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar va o`smirlarning rivojlanishidagi o`zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash.
Ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish.
Ta’lim-tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish.
Normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish.
Maxsus reabilitatsion xizmatga muxtoj bolalarga korrektsion rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida xar tomonlama yordam berish va xokazo.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
Hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy uziga xosliklarni inobatga olish.
Reabilitatsion tadbirlarning xilma-xilligi.
Pedagogik, ijtimoiy-psixologik va biologik metodlarning birligi.
Boskichlilik.
5 Individuallik, gumanistik yondashish.
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishning ahamiyati:
Bolaning sog`ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalash.
Deviatsiya xolatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilish.
v). Pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iborat. Reabilitatsiya qilish ob’ektlari va sub’ektlari:
Ijtimoiy-pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar.
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar.
Psixosomatik va asabiy, ruxiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi.
Hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning uziga xosligi reabilitatsion xizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o`smirlarning:
Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy).
SHaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik).
Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy).
Faoliyat sub’ekti darajasiga ko’tarishga qaratilgan reabilitatsion xizmatnihg bo`lishi kerak. Bu quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruxiy nuksonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o`quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengrok tavsiflarini xam beradi:
Falokatga uchragan bola(o`smir)larga yordam ko`rsatish. Inkirozdan chikish yo`llarini topish, kiyin vaktda ko`llab-kuvvatlash xam muximdir;
Bola(o`smir)ni, uning xolatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o`rganish;
Bolani o`rab turgan va unga ta’sir kiluvchi turli ijtimoiy soxalardagi ijtimoiy tarbiya xolatining taxlili;
Ijtimoiy pedagog dikkatini ijobiy tajribani taxlil qilishga, tarkatishga va tarkib qilishga karatishi;
Bola(o`smir) faoliyatini o`z-o`zini tarbiyalash, o`z-o`zini o`kitish va o`z xayotini mustaqil tashkil kila bilishga karatishi ;
Ijtimoiy pedagog bola (o`smir) muammolarini xal kiluvchi, uning inkirozi, xukuklariga alokador tashkilotlar xamda mutaxassislarni birlashtirish bilan xam shugullanishi;
Ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o`rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini taxlil qilishdan iboratdir.
Hududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati ular agarda quyidagi mexanizm asosida faoliyat yuritsalar samarali bo`ladi, ya’ni:
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishda muassasalararo umumhamkorlik.
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishni ilmiy metodik ta’minlash.
Reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi yo`lga qo`yilgan bo`lsa.
Reabilitatsiya qilish ob’ektlarini tanlash va diagnostika qilish.
Reabilitatsiya sub’ektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritilsa.
Dostları ilə paylaş: |