15.4. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam
Yosh bolalar va o`smirlarni ijtimoiy reabilitatsiyalash muassasalari xozirgi davrda Ta’lim vazirligida, mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa turdagi ko`mitalarda, jamiyatlarda tuzilmoqda.
Yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalanishining eng murakkab va chuqur shakllarini ijtimoiy jihatdan reabilitatsiyalash (sog`lamlashtirish) muassasalarida kuzatiladi. Bunday muassasalarga bolalar uylari (yetimxonalar) kiradi. Bolalar uylarida «ko`cha bolalari», daydi bolalar, ijtimoiy yetim bolalar, ota yoki onalik huquqidan mahrum etilgan kishilarning bolalari tarbiyalanadi.
Bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy reabilitatsiya ishi qoida bo`yicha ijtimoiy –maishiy va tibbiy –ijtimoiy reabilitatsiyalashdan boshlanadi. Bunda bolalarni vannadan qanday foydalanish kerakligiga, issik ovqat yeyishga, choyshabli yostiqda qanday uxlash lozimligiga va boshqa ishlarga o`rgatishadi. Shuningdek, ruhiy – emotsional reabilitatsiyalash ishlariga ham katta ahamiyat beriladi. 1 – chi navbatda shinam uyda bekami ko`st yashash sharoitlari yaratib beriladi, xizmatchilar va tarbiyachilarning xayrihoxligi hamda maxsus ruxiy muolaja usullari, ya’ni, eng avvalo, o`yin terapiyasi, ertak terapiya, ruxiy terapiya qilish teatridir. Kattaroq Yoshdagi bolalar va o`smirlar turli shakldagi mehnatga, masalan, o`yinchoqlar, yodgorlik buyumlari va boshqa narsalarni tayyorlaydigan tikuv va duradgorlik kabi ustaxonalarda ishlashga tortiladi. Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan qo`llanilayotgan reabilitatsion tadbirlar qatorida
bolaning oilasi bilan olib boriladigan ijtimoiy –pedagogik ishlarga katta o`rin beriladi. Agarda bolaning oilasi bo`lmasa yoki uning oilasidagi sharoit mutlaqo yaroqsiz bo`lsa, bolani qabul qilib (saqlab oladigan) olishga rozi bo`ladigan oila tanlanadi. Agar bola o`sha oilada yashashga moslashib, o`rganib ketsa, oila va bolaning roziligi bilan vasiylik qilish to`g`risidagi xujjat yoki o`g`il qilib olish xujjati rasmiylashtiriladi.
Bolalarning ijtimoiy – reabilitatsiyalash muassasalarida bo`lish vaqti uni bo`lg`usi doimiy yashash joyiga o`rnashtirishgacha ketadigan vaqt bilan chegaralangan. Bola yoki o`z oilasiga (agar yashash sharoiti yaxshilansa) qaytariladi yoki uni o`g`il qilib olgan oilaga, yo bo`lmasa, davlat tarbiya muassasalari – bolalar uylariga va maktab – internatlarga beriladi.
Boshlang`ich maktab o`quvchilari uchun reabilitatsiya qilish tadbirlari ichida birinchi o`ringa psixologo –pedagogik diagnostika va tuzatish dasturlari chiqadi. Bunda, boladagi bilish, idrok etish soxasidagi illatlar aniqlanadi. Bu illatlar tuzatish –rivojlantirish orqali ta’lim – tarbiya berish jarayonida yo`qotila boriladi va bu tibbiy – ijtimoiy reabilitatsiyalash va harakatlantiruvchi korrektsiya qilish ishlari bilan qo`shib olib boriladi.
O`smirlik yoshidagi dezadaptatsiyalangan o`quvchilar uchun kasbiy yo`naltirilganlik, ishchi kasblarga ularni tayyorlash, shaxsni ruxiy jihatdan tuzatish va shaxslararo munosabatlarni ijtimoiy
– psixologik korrektsiya qilish 1 – chi o`rinda turadi. Bunday o`smirlarning oilalariga ijtimoiy – pedagogik va psixologik jihatdan yordam berish ham katta ahamiyatga ega. Ko`p bolalik oilalarni tadqiq etish shuni ko`rsatmoqdaki, ularga moddiy yordam ko`rsatish bilan bir qatorda bunday oilalarni psixologo–pedagogik jihatdan qo`llab–quvvatlash ham katta rol o`ynaydi. Dezadaptatsiyalashgan Yosh bolalar va o`smirlarni reabilitatsiya qilish markazlarining faoliyati, uning mazmuni va printsiplari quyidagicha bo`lishi mumkin:
Diagnostikaga (kasallikni aniklash usuliga) kompleks yondashish va bolalarni o`qitish va tarbiyalashda ularning potentsial imkoniyatlarini to`la ishga solish;
Ta’lim va tarbiya berishda muammolarga ega bo`lgan bolalarga yakka holda va shuning bilan birga differentsial ravishda yondashish;
Ushbu toifaga kiruvchi bolalarni o`qitish va tarbiyalash ishlarini tashkil etishda turli xildagi usullardan, o`qitishni tashkil etish shakllaridan foydalanish;
Psixofiziologik funktsiyalari buzilgan bolalarni dastlabki kunlardayoq tibbiy psixologo– pedagogik tashxizdan o`tkazib, ta’lim olishlariga to`sqinlik qiladigan asosiy ijtimoiy dezadaptatsiyalashuv sabablarini aniqlash.
O`qitish va tarbiyalashning korrektsion yo`naltirilganligi.
O`qitish va tarbiyalash tizimining bolalarni sog`ligini asrash va rivojlantirishga qarata yo`naltirilganligi.
Yosh bolalar va o`smirlar huquqlariga rioya etib, alohida diqqat–e’tiborga muhtoj bo`lgan bolalarga ijtimoiy patronaj (tibbiy–profilaktik yordam) xizmatini yo`lga qo`yish.