Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə76/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.


Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:



    1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq- atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq- atvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.

    2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda

ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.

    1. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti 4 marta ziyoddir.

    2. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.

Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
-dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash,
-o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash, intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish,
-o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
Bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq ravishda reabilitatsiya dasturlarini tuzayotganda o’smirning qaysi holatda ekanligini ham inobatga olish darkor. Bu oiladagi yoki tengdoshlari davrasidagi janjal natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati ham bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o’smir ichki olamini ijtimoiy sog’lomlashtirishga qaratiladi. ijtimoiy pedagog bola tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxiz qo’ya olishi va ijtimoiy-shaxsiy-emotsional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aniqlashi lozim. SHu borada asosiy faoliyat turlariga: individual maslahat berish, salbiy emotsional ahamiyatga ega vaziyatlarni to’g’irlash maqsadida o’smirlarni treyning guruhlariga qo’shish, bola qadriyatlari tizimi bilan individual ish olib borish, ijtimoiy ko’nikmalar paydo qilish kiradi. Bundan tashqari bola va ota-ona o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarni tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. Bu faoliyat oila pedagogik pozitsiyalariga tashxiz qo’yishni, ota-onalarni treyning guruhlarga jalb etishni ko’zda tutadi.
Inqirozli holatda turgan o’smir boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda bunaqa xulq-atvor o’smirning hal qilib bo’lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. Bu toifa bolalar bilan ish olib borishda emotsional holatning shoshilinch diagnoztikasi, bu muammo sabablarini aniqlash, muammolarni hal qilish ko’nikmalariga o’rgatish, ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish ustida ish olib borishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy pedagog faolyatning boshqa bir yo’nalishi uy-joysiz bolalarga qaratilgan. Bu bolalar bilan ishlash ikki yo’nalishdan iborat:
-bunaqa bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko’rsatish, ovqat bilan ta’minlash),
-o’ziga, o’z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun o’tgan hayotlarining salbiy tajribasidan xalos etish.
Asosiy ish metodi-patroj, asosiy ish shakli “Men” konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiypsixologik treyning tashkil qilish.
Bu reabilitatsiya dasturlarini quyidagi 3 shartlarni bajargandagina effektiv tarzda amalga oshirsa bo’ladi:

  1. dasturning barcha ishtirokchilarini-bola, ota-ona, ijtimoiy pedagog, mutaxassis yuqori motivatsiyasi,

  2. mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-pedagogik kompetentliklari,

  3. turli davlat xizmatlari-ta’lim sog’liqni saqlash, - faoliyatini tartibga solish.

Dezadaptatsiya bo’lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud texnologiyalari deviant xulq-atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga qaratilgan. Bu jarayon birinchidan eng xavfli deviant xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib chiqarilishi, ikkinchidan bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga yo’naltirish, uchinchidan daydilik, giyohvandlik, besoqolbozlik, fohishabozlik bilan shug’ullanuvchi o’smirlarni jinoiy yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish;

  1. maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tuzishdan iborat.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin