Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə79/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni.


Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari.


Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik qimoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.
Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Ijtimoiy hayotda ob'ektiv sabablarga ko`ra noto`liq oilalar mavjud. Ota-onalarning ajralishlari, nikohsiz farzand ko`rish, o`rta yoshdagi insonlarning orasidagi o`limning ko`payishi, bolasidan voz kechish bunga asos yaratmoqdalar. So`nggi yillarda ko`plab oilalar moddiy yetishmovchilik holatiga duch kelmoqdalar. Bu holat, albatta,
bolaning ruhiy olamiga o`z ta'siri o`tkazadi. qarovsiz bolalar-oilalarning buzilishi natijasidir.internat shaklidagi muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar psixologik, hissiy deprivatsiyaga uchraydi, ya'ni qiynaladi, sesorli ochlikni boshidan o`tkazadi, real qayotdan uzoqlashadi, ijtimoiy izolyatsiyada bo`ladi. Maktab internatlar nafaqat ta'lim-tarbiya maskani, balki shaxsning ijtimoiylashuviga ko`maklashadi. Internatlarda
bajaradigan ijtimoiy pedagogning vazifalari quydagilardan iborat;

    • tarbiyalanuvchilarda insoniy munosabatlarni shakllantirish:

    • bolalarning xavfsizligini va psixologik konfortni ta'minlash:

    • har bir tarbiyalanuvchining hayot tarzi, ijtimoiy rivojlanish vaziyatlarini, intividual xususiyatlarini o`rganish:

    • tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasini va ijtimoiy potologiyasini o`rganish:

    • dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qilish:

    • tarbiyalanuvchilar, muassasa, oila a'zolari va ijtimoiy institutlar orasida dallollik vazifasini o`taydi:

    • internat bitiruvchilarni ishga joylashtirish, turarjoy bilan ta'minlash, pensiya, posobie va boshqa imtiyozlardan foydalanishiga yordam beradi.

Ijtimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli
Sog`liq inson hayoti mazmunining asosini tashkil etadi. Inson uchun u adekvat gigienik muqit va sog`lom turmush tarzi hisoblanadi. “Sog`lom inson”, “Sog`lom jamiyat”, “Sog`lom millat”, “Sog`lom avlod” tushunchalari mavjud. Sog`lig`ning ikkita aspekti mavjud: biologik va ijtimoiy. Sog`lig`ni obektiv faktorlar(turmush darajasi, ijtimoiy xizmat, ekologiya) va sub'ektiv faktorlar (mazmunli hayot va sog`lom turmush tarzi) o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Sog`lom turmush tarzi-bu har bir shaxs va butun jamiyatning insonparvarlashganlik va rivojlanganlik me'yoridir. Xalqimizda “Tani sog`lik-tuman boylik” , “Sog`lom tanda sog`lom aql” singari xalq donoligi mavjud bo`lib, ular asosida jamiyat a'zolari ongiga ta'sir o`tkazilib, sog`lom turmush tarzini yaratishga, bolalikdan valeologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi.
Valeologiya-bu pedagogika va tibbiyot fanlarini muvofiqlashtiruvchi sohasidir. U sog`liqni saqlash madaniyati va sog`lom turmush tarzini shakllantirishga yo`naltirilgandir. Inson salomatligining bir-biri bilan bog`liq turli aspektlari mavjud; somatik, psixik, ijtimoiy va h.k.
Somatik (biologik, jismoniy) sog`liq- bu surunkali kasalliklardan, jismoniy defektlardan, funktsional buzilishlardan yiroq insonning ijtimoiy layoqatidir.
Psixik (ruhiy) sog`liq. Asosan tibbiyotda ko`proq foydalaniladi. Psixik sog`liq bu ruhiy xotirjamlik va tinchlikdir.
Ijtimoiy (shaxsiy) sog`liq- bu individning ijtimoiy muhit va muloqatining rivojlanganlik darajasidir (moslashganlik, vazminlik, tartiblilik).
Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y berdi, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.
Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi.
Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi: bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish.
Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi.
Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan tashlandiq bolalar, tug’ma yetimlar tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda maktab internatlarga o’tishadi.
Bolalar uyining maktab internatdan asosiy farqi uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi maktablarda ta’lim olishadi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi ham ta’lim olishadi.
O’z oilasidan boshqa joyda ulg’ayayotgan bola-doimo g’ayitabiy hodisadir. Go’dak hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz tarbiya 90% holatlarda uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internat turidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor jihatdan och qolishadi, ular real hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktab-internatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatniboshdan kechirishgan, bu esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari, emotsional-shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy infantilzim, kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi.
Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar nafaqat ta’lim-tarbiya funksiyalarini bajarishga qaratilganlar, ular bolaning normal ijtimoiylashuvi, uning to’liq rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini to’g’irlashadi, tarbiyachilarning huquqiy va psixologik himoyalarini ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o’z o’rniga ega.
Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida ijtimoiy pedagogning o’rni Bola hayotining ilk yillarida unda u o’sib-rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit talablarini
aks etuvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro ijtimoiy muhitning o’zgarishi yurish-turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib odatda adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi.
Go’daklar uyida bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida bo’lishadi va bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.
Bolalar uyida go’dak ijtimoiy yurish-turishning stereotipini o’zgartirish zarurati haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:

  • Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi.

  • Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi.

  • Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z xususiyatiga egalar, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi.




    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin