Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə78/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy himoyalash, ijtimoiylashuv , moslashuv, Go’daklik, Maktabgacha ta’lim muassasasi, ijtimoiy-pedagogik faoliyat, tarbiyaviy, ijtimoiy muhit, ijtimoiy

  • iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar va boshq.



    1. MTTda ijtimoiy pedagogikaning mazmuni.


Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.


Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;

    • o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish

    • sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:

    • ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli

Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:

    • bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,

    • sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,

    • nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.

qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini
oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:

      1. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. 2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.

  1. Tabiatga mos yondoshuv

  2. Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.

Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.






IPF tamoyillari

Shakllari




Vositalar




IPF mazmuni




Metodlari

IPF






    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin