Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə73/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tayanch so’zlar: deviatsiya konsepsiyalari, deviatsiya konsepsiyalaridan realibitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari, reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.


    1. Deviatsiya konsepsiyasiyalari.


Deviant hatti-harakatdagi bolalar va o`smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitatsiya - bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, soqligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko`p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korrektsiya singari aspektlarni o`z ichiga oladi.
Profilaktika- bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo`qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko`proq ijtimoiy muhit bilan bog`liqdir.
Korreksiya- bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi;
- g‘arazli xulq-atvor: (kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy tajovuzlar);
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayri huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi.
Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritish mumkin.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
Biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o‘z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi:
-irsiy xususiyatlar;
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar.
Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki harakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayri adekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi.
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va harakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-pedagogik omillar Maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunday bolalar maktabda yomon o‘qishadi, darslarni ko‘plab qoldirishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.
Maktab o‘quvchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
-o‘quv dekompensatsiyasi - bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qayinchiliklar paydo bo‘lishi bilan harakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi – o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan harakterlanadigan;
-ijtimoiy dezadaptatsiya - bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo - ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir salbiy omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tarbiyaviy munosabatlar turi;
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat alohida yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayri axloqiy hayot tarzi, ota- onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar turi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning tabaqalashuvi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
Axloqiy omillar. Bir tomondan jamiyatning axloqiy darajasida qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z aksini topadi.
Ilmiy nazariy va amaliyotda deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlashning ikki asosiy: profilaktika va reabilitatsiya shakllari mavjud.
Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
“Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi.
Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olingan holda, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ko‘rsatish mumkin:
-neytrallashtiruvchi,
-o‘rnini to‘ldiruvchi,

  • ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi,

-bu holatlarni bartaraf etuvchi,
-o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:

  1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.

  2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‘ish bo‘lgan o‘smirlar.

  3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar.

  • surunkali somatik kasalliklar,

  • funksional buzilishlar,

  • asab-ruhiy hastaliklar,

  • aqliy qoloqlik,

  • nogironlik.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin