Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə5/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi dissertasiyada ko‘tarilgan muammoning to‘g‘ri qo‘yilganligi, to‘plangan daliliy materiallarning assotsiativ tahlili asosida ilmiy asosga ega nazariy xulosalar chiqarilganligi, O.Matjon she’rlarining assotsiativ xususiyatlari aniq yoritib berilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati unda erishilgan natijalar, ishlab chiqilgan nazariy qarashlarning assotsiativ tilshunoslik sohasini badiiy matnning assotsiativ xususiyatlariga doir yangi xulosalar, bilimlar bilan boyitishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot badiiy matnning assotsiativ strukturasini o‘rganishda ilmiy-nazariy manba vazifasini o‘taydi. Undan oliy o‘quv yurtlari magistratura bosqichida o‘zbek tili va adabiyoti, lingvistika yo‘nalishlarida “Poetik matnning assotsiativ strukturasi”, “Badiiy matnning assotsiativ tahlili” mavzularida tanlov fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O.Matjon she’rlarining assotsiativ strukturasi tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda olam badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning roli masalasi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining alfaviti va imlo qoidalariga muvofik ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada foydalanilgan (2017-2020 yildagi 314/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
O.Matjon she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning ijodkor lisoniy shaxsini namoyon qilishi masalasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020-2022 yillarda bajarilgan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so’z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (2020-2022 yildagi 17.01/201-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin