Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə9/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Muallif lisoniy shaxsi tushunchasining mohiyati nasriy va she’riy asarlarda bir-biridan farq qiladi. Nasriy asarlar yoki murakkab syujetli she’riy asarlarda personajlar kommunikasiyaning asosiy subyektlari sifatida harakatlanishi sababli muallif lisoniy shaxsi ochiq namoyon bo‘lmaydi. Bu turdagi asarlarda muallif ham o‘zi uchun, ham personajlari uchun nutq yaratadi, u ko‘pincha voqea-hodisalarni hikoya qilib beruvchi, zarur holatlarda unga sharh beruvchi lisoniy shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Muallif bunday asarlarda matn ichi kommunikasiyasida faol ishtirok etmaydi. Ammo u tasvirlanayotgan voqea-hodisa bo‘yicha o‘z qarashlari, munosabatini ochiq-oydin ifoda etmasa-da, personajlari nutqi orqali ularga ishora qiladi. Shunga ko‘ra badiiy asarda muallif lisoniy shaxsi alohida ajralib turadi.
Tabiat tasviri, Vatan madhi, inson qadr-qimmati, ezgu tilak va shu kabi qadriyatlar, shuningdek, shoir ruhiy kechinmalari tasvirlangan she’rlarda esa, aksincha, muallif lisoniy shaxsi ochiq namoyon bo‘ladi. Bunday she’rlarda muallif shaxsi badiiy asarning bosh subyektiga aylanadi va butun e’tibor uning ruhiy kechinmalari, tasvir obyekti bilan bog‘liq tasavvurlari, voqelikka munosabati kabilarni obrazli ifoda etishga qaratiladi.
Anglashiladiki, badiiy matn muallif lisoniy shaxsini yuzaga chiqarishda, uning lisoniy qobiliyatini namoyon qilishda alohida o‘rin tutadi.
Badiiy matnda muallif lisoniy shaxsini yuzaga chiqarishda assotsiativ birliklar muhim ahamiyatga ega. Assotsiativ birliklar muallifning olam haqidagi bilim va tasavvurlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi sababli ular matnda muallif lisoniy shaxsini namoyon qiluvchi asosiy birliklar sanaladi.
Y.N. Karaulov “Русский язык и языковая личность”kitobida lisoniy shaxs shakllanishining turli bosqichlarini ajratgan. Uning fikricha, lisoniy shaxs shakllanishining nol darajasi (olim uni struktur-lisoniy daraja deb deb nomlagan)da nutq egasining tilni egallashi aks etadi. Aynan shu bosqichda insonning kundalik turmushda muloqot qilishi uchun zarur bo‘lgan til vositalarini qamrab olgan assotsiativ verbal tarmoq shakllanadi. Bu bosqichga o‘qish va yozish ko‘nikmalari ham kiradi. 46
Y.N. Karaulov lisoniy shaxs shakllanishining birinchi darajasini lingvo-kognitiv daraja hisoblaydi. Bu daraja insonda olam lisoniy manzarasining shakllanishi bosqichini anglatadi, uni inson yaratgan matn tahlilida olam lisoniy manzarasining qayta tiklanganligida ko‘rish mumkin.
Lisoniy shaxs shakllanishining ikkinchi pragmatik bosqichi muallifning ma’lum maqsad va motivga asoslangan, uning individual uslubini namoyon qiluvchi matn yaratilishi bosqichidir. 47
Aytish mumkinki, Y.N.Karaulov tomonidan ko‘rsatilgan lisoniy shaxs bosqichlari inson lisoniy qobiliyatning shakllanishi, uning nutq yaratishidagi jarayonlarni kuzatish imkonini beradi.
Yuqorida aytilganidek, muallif lisoniy shaxsi shakllanishining ilk bosqichida insonda assotsiativ verbal tarmoq hosil bo‘ladi. Bunday tarmoq nafaqat matnning leksik-semantik jihatdan tarkib topishida, balki matnda muallif lisoniy shaxsini yuzaga chiqarishda ham muhim o‘rin tutadi.
Assotsiativ birliklar insonning tashqi olam haqidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq, yondosh bilim va tasavvurlarini aks ettiruvchi birliklar bo‘lib, muallif lisoniy shaxsiga tavsif berishda o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan ushbu bilim, tasavvur va qarashlarning badiiy matnda qay darajada namoyon bo‘lganligiga e’tibor qaratiladi. Quyida O.Matjonning “Masal” she’rida muallif lisoniy shaxsining qay tarzda aks etganligini tekshiramiz:

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin