Rahbarlik psixologiyasi va yetakchilik faoliyatiga oid


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#144712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
sharq-mutafakkirlari-hamda-g-arb-olimlarining-rahbarlik-psixologiyasi-va-yetakchilik-faoliyatiga-oid-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
172 
KIRISH
Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida xalq ijodiy mahsullarida adolatli va 
adolatsiz munosabatlarning yuzaga kelishi rahbar shaxsi, yangi shoxga bog’liq 
ekanligi to’g’risidagi fikrlarga egamiz.

Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida aholining ma’naviy va 
psixolgik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar shahrida shahar aholisining 
stratometrik xususiyatlarga ko’ra tabaqalanishi uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining 
o’zlarining boshqarishlarida jamiyatning o’zini-o’zi boshqarilishiga olib kelishi lozim, 
lekin bu bilan bir vaqtning o’zida har bir a’zo o’z psixologik-ma’naviy kamolotini, 
usul hamda yo’nalishiga ko’ra yakkahol tarzda mavjud bo’ladi. “Shularning 
hammasini ikki yo’l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida 
qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanday o’rnashib qolsa, 
boshqalarning ko’nglida bu bilimlar qiyosiy yohud taqlid asosida vujudga keladi. 
Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etishlari tufayli ko’ngillarida shu bilimlar 
vujudga keladi”.

Forobiy bu fikrni davom ettirib, “Ushbu sifatlarga ega bo’lmagan odamlar 
birikmasi esa jaholatdagi va adashgan shaharlarning aholisini tashkil qiladi. 
Fikrlashlar, g’azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shaxslar doimo bir-birlariga 
qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng kuchlilari boshqalariga 
nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar ham bir-birlarini 
yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning borligi 
bularga zarar kelritadiganday, yohud boshqalar ularga qulday hizmat qilish uchun 
yaratilganday. Barchasi bir-birini ezib ishlatishadi”.

Forobiy shuningdek insonlarning yaxshi hayot kechirishi boshqaruvchi, yangi 
rahbar shaxsiga bog’liq ekanligi, uning turli fazilatlari, bu borada unga yordam 
berishni uqtiradi. Uning fikricha, bu o’rinda rahbar shaxsi uning gumanistik 
insonparvarlik xususiyatlari muhimdir: “Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish 
uchun zarur bo’lgan ish-harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo’lmasa va bu 
ish harakatni bajara olishga qudratsiz bo’lsa, bunday odam sira ham rahbar bo’la 
olmaydi. Ular bu yo’l-yo’riqlarni o’tmishda yashab o’tgan boshliqlaridan 
o’rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o’tmishdagi rasm-rusm, yo’l-
yo’riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o’zgartiradi. 
Shuningdek, yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham o’zgartirmog’i kerak. 
1
Боймуродов Н. Раҳбар психологияси. Ўқув қўлланма. Т.2005. 149 б. 
2
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. - Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. – Б. 186 
3
Ўша манба. – Б. 189. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin