Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 174
-
noyonlar, amirlar, mingboshilar;
-
sipoh va rayiyat;
-
mahsus ishonchli kishilar;
-
vazirlar, sariq kotiblar;
-
hokimlar, tabiblar;
-
tavsir va xadis olimlar;
-
axli hunar va san’atchilar;
-
so’fiylar;
-
savdogar va sayyohlar
7
.
Amir Temur fikricha bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, hazina va askarlar
hal qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqyelikka
nisbatan bo’lgan munosabatlari va xulq- atvorlari tashkil etadi.
Ijtimoiy hayotni boshqarishda bunday yondashuv Amir Temur uchun o’z
davrida katta bir saltanatga asos solish imkoni bergan edi.
Amir Temur davlatni boshqarish vositalari haqida to’xtalib shunday yozadi:
“Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilish lozim:
-
kengash:
-
mashfaratu-maslahat;
-
qat’iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik;
-
ehtiyotkorlik”.
8
Uning fikricha “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va
xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”.
9
Bundan tashqari, o’rta bo’g’in rahbarlari tanlash ulardan hukumatni boshqarish
ishlarida samarali foydalanishda uni nafaqat sinab ko’rish lozimligi, balki rahbarning
individual xususiyatlari, shaxsiy yo’nalganligi, e’tiqodi, ehtiyoji, motivi kabilarni
inobatga olish bu rahbarlarni rag’batlantirish, yuqori lavozimlariga ko’tarish yoki
jazolash turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ham Amir Temur
tuzuklarida bayon etib berilgandir.
Ko’rinib turibdiki, bundan 600-700 yil avval davlatni boshqarish va rahbarlik
tamoyillariga oid g’oyalar nihoyatda dolzarb bo’lgandir. Chunki bu tamoyillar
hozirgi zamon demokratik huquqiy davlatlar xarakteriga mos keladi. Bu
donishmandlarimizning rahbarlik uchun zarur bo’lgan fazilatlar davlatni idora etish
uslubi va rahbarlik odobiga doir fikrlari ulkan ahamiyatga ega.
7
Темур Тузуклари. Форсчадан А.Соғуний ва Ҳ.Кароматов таржимаси. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 14.
8
Темур Тузуклари. Форсчадан А.Соғуний ва Ҳ.Кароматов таржимаси. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 14.
9
Ўша манба.