Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 176
tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan,
u boshqarish bo’yicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko’rsatgan:
-
Ishlarni bajarish va taqsimlash tartibi;
-
Chizmalar va qo’llanmalarni tuzish;
-
Vaqtni me’yorlash va mehnatga haq to’lash;
-
Intizomga rioya qilish;
-
Ish uslublarini belgilash;
-
Uskunalar ish tartibiga rioya qilish;
-
Uskunalarni ta’mirlash va saqlash
-
Sifatni nazorat qilish
11
.
Teylorning funksional boshqaruv tizimi hozirgi davrda sanoatda qo’llanmasada,
boshqarish jarayonini funksional taqsimlash g’oyasidan boshqarishning tartibli
(lineyniy) tizimidan ham foydalanadi. Teylor ma’muriyat va ta’minlovchi ijtimoiy
jihatlarni hisobga olish muhimligini ta’kidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarishning muhim tamoyillaridan biri ekanligini aytgan. U ishchilar va
tadbirkorlar o’rtasida «sinfiy hamjihatlik»ni ta’minlash, ular o’rtasida munozaraga
yo’l qo’ymaslik zaruriyatiga tayangan va uni boshqaruvchining eng muhim
vazifalaridan biri deb hisoblagan. Teylor fikriga binoan, bunday vazifani faqat ilmiy
jihatdan tashkil etilgan boshqaruv tizimi - rahbarlik nazariyasigina hal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy boshqaruv harakatini boshlab berdi. Bu harakat AQShni
qamrab olib, boshqa kapitalistik mamlakatlarga ham yoyildi. Teylor tizimi ilmiy
boshqaruv rivojlinishi uchun asos bo’lib xizmat qildi.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington
Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» asarini yozib,
quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini
ishlab chiqdi.
-
Aniq belgilangan g’oya va maqsadlar;
-
Aqli rasolik;
-
Asosli maslahat;
-
Qat’iy intizom;
-
Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
-
Markazlashtirish;
-
Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va doimiy hisob;
-
Me’yor va tartib;
-
Sharoitni normallashtirish;
-
Operasiyalarni me’yorlash;
11
Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. T.2005. 149 b.