Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 175
G’arb olimlaridan Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol boshqaruv
nazariyasining asoschilari hisoblanadi. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki
yo’nalishi «klassik» (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga
kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta.
Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini AQShdagi Bstelgemdagi yirik
metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan
lavozimlarni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim
jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni
qo’lladi. Uning «korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil
etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil
etish» kabi mashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni
ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor
mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi,
jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy
unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. Teylor kishi aql-zakovatiga katta
e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi to’qqiz sifatga ega bo’lishi
kerakligini ta’kidlagan:
-
aql-zakovatga;
-
ma’lum ma’lumotga;
-
ish tajribasiga;
-
odobga;
-
g’ayratga;
-
ziyraklikka;
-
xalollikka;
-
to’g’ri fikr yuritishga;
-
yaxshi saomatlikka
10
.
Shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bo’lgan kishini topish juda
mushkul ekanligini aytgan. Ko’pchilik faqat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish
haqi to’lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi
nisbatan ko’p haq to’lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan
kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo’lmaydi.
Agar yuqorida sanab o’tilgan to’qqiz sifatga ega bo’lgan kishi topilsa, uni usta
lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor ayniqsa ish
joylarini tashkil etish, ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni
belgilash, kishilarni to’g’ri tanlash va ishga qo’yishga alohida ahamiyat bergan. U
10
Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. T.2005. 149 b.