Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 177
-
Yozma standart qo’llanmalar;
-
Unumdorlik uchun rag’batlantirish.
O’z xulosalariga qo’shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan u
klassik konsepsiyaga salmoqli hissa qo’shdi
12
.
XX asrning 20-yillaridan boshqaruv rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab
chiqarish extiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar
Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular
boshqarishning sosiologik va psixologik jihatlariga e’tibor berib, ularni ilmiy
boshqaruv tarkibiga kiritdilar.
Boshqaruvning turli xorijiy maktablari klassifikasiyasi.
Boshqarish nazariyasi asosini tashkil etgan qonun-qoidalar xususiyatiga bog’liq
ravishda xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruhlarga bo’linadi. Ular jumlasiga:
-
boshqaruvning «klassik» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi;
-
«insoniy munosabatlar» maktabi;
-
boshqaruvning «emperik» maktabi;
-
«ijtimoiy tizimlar» maktabi;
-
boshqaruvning «yangi» maktabi kiiradi.
Klassik maktab namoyondalari amerikalik muxandis va tadqiqotchi F. Teylor,
fransuz olimi A.Fayol, ingliz L.Urvin, nemis iqtisodchilari M.Veber, G. Ford,
G.Emersonlardir.
Boshqaruvning klassik maktabi to’rt muhim unsur - mehnat taqsimoti,
boshqaruv tabaqalanuvi va ko’p bo’g’inliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning
mumkin bo’lgan chegaralarini o’rganadi.
Shunday qilib, boshqaruvning «klassik» maktabi uning insonning turli-tuman
faoliyatini boshqarishga qo’llash mumkin bo’lgan tamoyillarini asoslab berishga
harakat qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini o’rgangan. Bu
maktab haqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga ko’tarila olmadi.
«Klassik» maktabga xos bo’lgan inson omilini hisobga olmaslik, kishilar
faoliyati sabablarini soddalashtirilgan nuqtai nazaridan yondashish amerika
boshqaruv nazariyasida yangi yo’nalish - «inson munosabatlari» maktabi vujudga
kelishiga sabab bo’ldi. Bu yo’nalishning asoschilari - amerikaliklar E.Meyo, F.
Rotlisberger, Dj. Lizli va boshqalardir.
Garvard universiteti professori E.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini
ilgari surdi. Uning g’oyalarining mohiyati shundaki, mehnat jarayonida psixologik va
ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan ishlab
chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuqtai
Махмудов.И. Бошқарув психологияси. Ўқув қўлланма. – Т.:2006.230 б.