Rahbarlik psixologiyasi va yetakchilik faoliyatiga oid


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#144712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
sharq-mutafakkirlari-hamda-g-arb-olimlarining-rahbarlik-psixologiyasi-va-yetakchilik-faoliyatiga-oid-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
179 
50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi» maktab katta 
ta’sir ko’rsatdi. U boshqaruvga aniq fanlar uslub va usullari - qarorlar qabul qilishni 
matematik modellashtirish, matematik mantiq, davturlash, iqtisodiy jarayonlarni 
matematik modellashtirish usullarini joriy qilish bilan ajralib turadi. «Yangi» 
maktabning eng yorqin namoyondalari - R.Akkof, L.Kleyn, V.Lyus va boshqalardir. 
Bu maktabning shakllanishi kibernetika va jarayonlarni o’rganish rivojlanishi bilan 
bog’liqdir. Jarayonlarni o’rganish zahiralar, resurslar taqsimoti, eskirgan uskunalarni 
almashtirish, 
maqbul 
ravishda 
rejalashtirishni 
boshqarishni 
matematik 
modellashtirish bilan bog’laydi. Keyinchalik «yangi» maktab tarkibida mustaqil fan - 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyasi shakllandi. Xorijiy boshqaruv 
rivojlanishining qisqa tavsifi boshqaruvni takomillashtirish yangi usullari va 
shakllarini izlash uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi. 
«Yangi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantiqiy davomidir. 
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. 
Bu davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag’ishlangan o’nlab jurnallar
jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv 
texnikasi», «Xo’jalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab 
chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxassislar asarlari rus tiliga 
tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy mehnat instituti tashkil etildi. 
XULOSA
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta hissa qo’shgan taniqli olim - Aleksey 
Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat 
me’yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo’llanmalari», «Madaniyat qo’zg’oloni», 
«Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. 
A.K.Gastev rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini 
o’rganish, loyihalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o’qitish va 
malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalga 
oshirildi. A.K.Gastev asarlari juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u 
tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. 
Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon 
Mixaylovich Korjensev (1881-1940). P.M. Korjensev 1923-1924 yillar davomida 
Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a’zosi bo’lgan va «Pravda» 
gazetasida ishlagan. U «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», 
«Vaqt uchun kurash», «O’zingni o’zing tashkil et» singari asarlarni yozdi
15
.
15
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2006. 230 b.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin