Rahbarlik psixologiyasi va yetakchilik faoliyatiga oid


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#144712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
sharq-mutafakkirlari-hamda-g-arb-olimlarining-rahbarlik-psixologiyasi-va-yetakchilik-faoliyatiga-oid-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
173 
Aks holda o’tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda 
hyech qanday o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi”.
4
Forobiyning bu fikrlaridan ko’rinadiki, rahbar shaxsi birinchi navbatda, o’zining 
yomon odatlaridan ozod qila olishi, bgoshqalarni yaxshi ishlarga ruhlantra olishi 
kerak ekan. Bu fikrlarni bugungi kunimiz uchun ham ahamiyati pasaymaganligini 
kuzatishimiz mumkin. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O’rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan bo’lmish Abu Rayxon Beruniy ham 
boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida o’zining bir qator fikr-mulohazalarini 
bayon etgan. U har bir kishiga baho berish uchun uning qilgan ishini kuzatish 
mumkinligini ta’kidlaydi: “Har bir odamning bahosi o’z ishini ajoyib 
bajarilishidadir”
5

Beruniy o’zining “Hindiston” asarida ushbu g’oyani ilgari surib: “Tabiati 
jihatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi boshliq bo’lishga fazilat va kuchi 
bilan haqli fikr va maqsadda savodli, davlatni o’zidan keyingilarga qoldirib, ularning 
o’z ota-bobolariga qarshi bo’lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan 
berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg’un tog’lar singari mahkam 
bo’lib, u buyruqqa ko’p vaqtlar va uzoq zamonlar o’tsada, keyingilar ham bo’yin 
sunadi”
6
. Uning fikricha tabiatan boshqarishga moyil bo’lgan hokim o’z fikri va 
qarashlarida qat’iy bo’lishi, o’z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan 
bildirilgan ilg’or mulohazalarga bo’ysunishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi 
oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o’rnatishdan 
iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga 
g’amho’rlik qilishdir.
Demak, Beruniy o’z insonparvarlik g’oyalari bilan boshqaruv va rahbarlik 
ta’limotlari rivojiga o’z hissalarini qo’sha oldi. U insonlar orasida o’zaro tushunish, 
tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrldar domo qadrlidir. 
Buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi, 
rahbari sifatida boshqarish va rahbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. 
Uning tuziklari o’z davrining ijtimoiy vokeligiga xos bo’lgan stratametrik tuzilma 
hamdir. U o’z tuziklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab beradi: 
-
sayidlar, ulamo, moshayih fozil odamlar; 
-
ishbilarmon, donishmand odamlar;
-
xudojo’y, tarkidunyo qilgan kishilar; 
4
Ўша манба. – Б. 189. 
5
«Ўзбек педагогикаси тарихи». A.Зуннунов таҳрири остида. – Тошкент: «Ўқитувчи», 1997 йил.

Ўша манба. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin