Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 178
nazaridan qarash lozim. Bu nazariya insonning ma’lum ijtimoiy va psixologik
ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan uni yanada unumli mehnat qilishi mumkin degan
g’oyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil
etishga 2 hil yondashuv mavjudligini ta’kidlaydi:
-
majburlash va rag’batlantirish usullari;
-
tashabbuskorlik va mustaqilliikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit
yaratish
13
.
Lekin bu nazariyaning asosiy jihati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi
vakillari ijtimoiy muammolarni butun jamiyat miqyosida emas, balki alohida korxona
miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlar ijtimoiy ahvoliga kompleks ravishda hal
etilishi lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida emas, balki kishilarning
guruhiy munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab boshqaruv zarurligini umuman inkor etib, ochiq
emperizmni targ’ibot qiladi. U boshqaruvning maqsadi - rahbarlik qilish bo’yicha
ijobiy tajriba va aniq hatolarni o’rganishdan iborat, deb ta’kidlaydi. Bu maktab
vakillari kamroq nazariy maslahatlar berib, ko’proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan
shug’ullanish kerak deydilar, albatta, tajriba o’rganish juda muhim. Lekin faqat
amaliyotga asoslanib boshqaruvni shakllantirish mumkin emas «Emperik»
maktabning eng yorqin namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nyuman, D.Miller va
boshqalardir.
Yuqorida sanab o’tgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi
har tomonlama chuqur o’rganilmaganligidir. Bu yangi yo’nalish «Ijtimoiy tizimlar»
maktabi vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March,
G.Saymon, A.Etsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar» maktabi «inson
munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib, korxonaga o’zaro bog’liq va o’zaro
ta’sir ko’rsatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu
omillarni biri deb hisoblaydi
14
.
Agar «klassik» maktab namoyondalari nizolarni moddiy rag’batlantirish yoki
jihozlash yo’li bilan, «inson munosabatlari» maktabi ishlab chiqarish jarayonini
adolatli qilish yo’li bilan hal qilishni taklif etgan bo’lsalar, «ijtimoiy tizimlar»
maktabi tashkilotda nizolarning mavjud bo’lishi uning tabiatidan kelib chiquvchi
holat deb hisoblab, asosiy vazifa nizolar va ularning oqibatini yumshatishdan iborat
deb ta’kidlaydilar.
13
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2006. 230 b.
14
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2006. 230 b.