2. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan
chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq
toshi o‘rnini bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan
granit chaqiq toshiga nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq
toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash
mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun
xam taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas,
balki uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi.
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan
to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha
mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga
muvofiq bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda,
ular asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi
davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy
xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni
muhofaza qilishda xam samarali hisoblanadi.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo
materiallar sifatida qo‘llaniladi.
23
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma
vaqt alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda
olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli
boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-
chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70%
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda
mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori
mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan
jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan
jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000
kg/m
3
ni tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida
mustaxkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va
bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy
g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli
jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu
sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi.
Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun
etarli hisoblanadi.
|