19
kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish
jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq engil g‘ovak
to‘ldiruvchilarning spetsifik
xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish
usullaridan foydalaniladi.
Masalan, suvli muhitda aniqlanuvchi ishlar xavo muxitida bajariladi.
Buning uchun pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinalardan foydalaniladi.(Rasm
3.1.)
Rasm 3.1.Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi:
1- ventilyatorda
xavoni uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5-o‘ta og‘ir donalarni
saralash; 6- nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7- engil maxsulotlarni chiqishi;
8-changlangan xavo
Ventilyatordan tushuvchi havo oqimi bir
klapanga va boshqa mashina
klapaniga ketma-ket uzatiladi va panjarada material qavatida pulsasiya sodir
bo‘ladi. Natijada xavo oqimi tasirida material ikkita engil va og‘ir qismlarga
ajraladi. Bunda og‘ir donalar pastga va engillari yuqoriga chiqadi.
To‘ldiruvchilar og‘ir va engiliga ajratiladi
va shu bilan birga changdan
tozalanadi.
20
Rasm 3.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan
separatorning sxemasi:
1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5-
to‘ldiruvchilarni yuklash; 6-engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir
maxsulotning chiqishi
Og‘ir to‘ldiruvchilarni ajratish
suvli suspenziyada bajarilsa, g‘ovak
to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu qurilma
quyidagicha ishlaydi(rasm 3.2.): filtr orqali havo qum qavatiga uzatiladi va
natijada qum qaynaydi. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha
kerakli
zichlikdagi suspenziyaga moslab tanlanadi, bu erda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir
qismi cho‘kadi, qolgani qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik
to‘ldiruvchi qum bilan birga olinib, elak(groxot)dan o‘tkaziladi. Qum yana
qurilmaga qaytariladi. To‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish havo oqimi ta’sirida
ham bajariladi (rasm3.3.).
Rasm 3.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish:
1-engil
maxsulot; 2-nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi
Bunday usulda yirik to‘ldiruvchilarning zichligi bo‘yicha
sinflarga
ajratish mumkin. YUqorida sanalgan barcha usullarda g‘ovak to‘ldiruvchilarni
ikki sinfga ajratish mumkin, ya’ni uni bir jinslilikka keltiriladi va og‘ir
qo‘shimchalardan xalos etiladi.
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib,
ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘
jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga
bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha:
oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub shaklidagi – 15%
gacha; qirrali – 10%gacha.
21
G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘
jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi.
Dostları ilə paylaş: