18
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq,
ohaktosh
bo‘laklarining
sementlashgan
holatidagi
yig‘indisini
mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli
strukturasi bilan farqlanadi.
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m
3
ni tashkil
etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak
ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m
3
ni tashkil etib, bunda mustahkamlik
chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi.
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi,
ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lib, siqilishga mustahkamlik
chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi.
G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5chi darajali
zichligiga
proporsional
bo‘lib, bunda mustahkamlikning pasayishiga
g‘ovaklikning ta’siri bo‘ladi, bunda pemza, lava tuflari va vulqon tufiga
nisbatan kam mustahkamlikka ega. CHig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6
baravar) bilan uning mustahkamligi xam pasayadi, bu esa chig‘anoq
donalarining kompakt bo‘lmagan holda joylashgani bilan izohlanadi.
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘
jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh
va chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak
ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda,
Ukraina, Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh
materiallar olishda, karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton
uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi.
CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit,
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi
donador va mayda g‘ovaklikka ega.
YUqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va
xalsedon ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi.
SHu sababli bu to‘ldiruvchilarning sementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib,
unda emirilishni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: