2.Tabiiy zich tosh jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. Xomashyo bazasi
To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasini zich
tabiiy tog‘ jinslari asosidagi toshlar tashkil etadi. Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘
jinslari 3ta sinfga bo‘linadi: otqindi, cho‘kindi va metomorfik.
Otqindi tog‘ jinslari
-
erigan magmaning qotishidan yuzaga keladi.
Ularning tarkibi va xususiyati magmaning qotish sharoitidan kelib chiqadi.
Ichki (intruziv) otqindi jinslar magmaning sekin qotishidan yuzaga keladi va
donador-kristal tarkibga ega bo‘ladi. Tashqi (effuziv) otqindi jinslar
magmaning tashqi yuzada juda tez qotishidan yuzaga keladi, bunda
kristallanishi to‘liq sodir bo‘lmaydi va shishasimon yopiq kristalli tarkibga
ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra otqindi tog‘ jinslari bo‘linadi:
1.Nordon (SiO
2
-65% ko‘p)
2.O‘rta (SiO
2
-55-65%)
3. Asosiy (SiO
2
-55% dan kam)
Nordon otqindi tog‘ jinslariga donador kristall tarkibli ichki tog‘ jinsi
granitlar kiradi. Tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallar quyidagilar: dala shpati
(asosan ortoklaz K
2
O·Al
2
O
3
·6SiO
2
)- 70% gacha; kvars (kristall kremnezem-
SiO
2
)–20% dan ko‘p; slyudalar (muskovit, biotit) va boshqalar – 5%gacha.
Granit otqindi tog‘ jinsi sifatida to‘ldiruvchilar olishda eng ko‘p
ishlatiladi. Granitning zichligi 2600-2700kg/m
3
ni tashkil etadi. Suv
shimuvchanligi 0,5% dan oshmaydi. Siqilishga mustahkamligi 100MPa dan
yuqori, ba’zan 200-250MPa ga etadi. Rangi qizg‘ish yoki kulrang.
14
O‘rta otqindi tog‘ jinslariga ichki jinslar (diorit, sienit) va tashqi (andezit,
traxit) jinslar misol bo‘ladi. Andezit va traxit ishqorlar bilan aktiv bog‘lanadi,
shu sababli ularni sementli betonlarda qo‘llash chegaralangan. Andezit va traxit
kislotaga bardoshli to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Diorit va sienit esa granitdan
tarkibida kvars yo‘qligi bilan ajralib turadi. Diorit va sienit tabiatda kam
uchraydi. Diorit to‘q yashil tusga ega, sienit esa yorqin yashil ranga ega.
Dioritning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 250MPa gacha, sienitniki esa
180MPa gacha bo‘ladi.
Asosiy otqindi tog‘ jinslariga ichki yuzaga kelgan tog‘ jinslari gabbro va
tashqi bazalt va diabaz kiradi. Bu tog‘ jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga
mustaxkamligi – 300-500MPa) va yuqori zichligi (3000kg/m
3
dan yuqori) bilan
ajralib turadi.
CHo‘kindi tog‘ jinslari mavjud tog‘ jinslarining tabiatda buzilishidan
yuzaga keladi. YA’ni suv, shamol, harorat o‘zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy
emirilishlar natijasida paydo bo‘ladi. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va
shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar
hisoblanadi. Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan
qumlarga aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga
kvars- dalashpati qumi deyiladi.
Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib
chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. SHu narsa ma’lumki,
oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir
joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. SHu sababli suv oqimi qum va
shag‘alni bir joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi.
SHamol ta’sirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning
betonlarda qo‘llash chegaralangan. CHunki bu qumlar juda mayda bo‘lib,
donalari o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini
yomonlashtiradi.
To‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni karbonatli cho‘kindi
jinslar-ohaktosh va dolomitlar egallaydi. Ohaktoshlarning asosiy mineral tashkil
qiluvchisi bu kalsit SaSO
3
hisoblanadi. Kristall ohaktoshlarning zichligi-
2700kg/m
3
va siqilishga mustahkamligi 200MPa gacha bo‘ladi.
Oxaktoshlar portlandsement toshidagi ishqorli muxitga chidamli bo‘lib,
betonda u bilan yaxshi bog‘lanadi va och kulrang yoki sariq ranga ega.
Dolomitning asosiy mineral tashkil etuvchisi esa SaSO
3
· MgSO
3
.Bu tog‘
jinsi xam o‘ta zich va mustahkam bo‘lishi mumkin.
15
Metamorfik tog‘ jinslari
otqindi yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini erning
chuqur qismida yuqori bosim va xarorat ta’sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi.
Metamorfik tog‘ jinslaridan to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda gneyslar
ishlatiladi. Gneyslar granitdan qavatma qavat joylashuvi bilan farq qiladi.
Marmarlar esa ohaktoshlarning perekristallizatsiyasi jarayonida yuzaga keladi,
kalsit kristallaridan iborat bo‘ladi. Mustahkamlik chegarasi yuqori (300MPa
gacha) bo‘ladi, tabiatda turli ranglarda uchraydi, maydalashda qirrali yuzali
donalar olinadi va beton uchun og‘ir to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
O‘zbekistonda beton uchun to‘ldiruvchilar olishda yaroqli tog‘ jinslarining
tabiiy xom ashyo ba’zasi katta miqdorda mavjud bo‘lib, ularning barchasidan
hali to‘liq foydalanilgani yo‘q. Tabiiy zahirani qayta ishlashda ekologik muhitni
xisobga olish kerak. Qayta ishlovdan so‘ng o‘sha er landshaftini qayta
tiklashning maksimal yo‘llarini izlash kerak bo‘ladi.
Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan engil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar
ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar xam kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib,
zich tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay beton
olish uchun keng qo‘llaniladi.
G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va
shag‘alga bo‘linadi. SHag‘al esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10mm,
10...20mm va 20...40 mm. SHag‘al quyidagi yiriklik bo‘yicha xam ruxsat
etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm.
G‘ovak to‘ldiruvchilarning markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m
3
bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga
mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m
3
bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos
keladi va boshqa. QMQ bo‘yicha g‘ovak shag‘alning markasi 300,350,400 va
hokazo 1200gacha 100kg/m
3
oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi
500...1400 kg/m
3
ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning
mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya’ni silindrda maydalanishdagi
mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini
betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni
turli markalari bo‘yicha engil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. SHu sababli
to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir-biri
bilan bog‘liqdir. Aytish mumkinki, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari
qancha kichik bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori
bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayadi, ya’ni
materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi.
16
G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning
mustaxkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan
tog‘ jinsi mustahkamligidan etarlicha yuqori bo‘ladi. SHag‘alning yumshash
koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruksion-teploizolyasion
betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa
0,7dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon va
cho‘kindi turlarga bo‘linadi.
Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan
jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g‘ovak
bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, ya’ni magmaning
ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning er ostidan chiqishida
bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar
pufakchalar xolatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida
qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi.
Tabiatda pemza qum, shag‘al yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatidi
uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta
ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy
tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi
va tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi.
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli
aylanadan yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi
85% ga etadi. Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m
3
ni , pemza
shag‘ali esa 400-900kg/m
3
ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
ni tashkil qiladi.
Pemza shag‘alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni
tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan
baholanadi:
Dostları ilə paylaş: |