34
qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonga tuproq so‘ruvchi
markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi
uskuna va zarur xolda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va
bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli
aralashma ko‘rinishida so‘riladi, so‘ruvchi aralashma uzatuvchi yordamida
yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli
aralashmali qazib olishda gidro-elevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar
qirg‘oq bo‘yidgi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv xavzaga
qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon
qo‘shimchalardan tozalash boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni
gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv xavzalarida
emas, balki suvli tekislik konlarida xam ishlatish mkmkin. Suv yuzasidan
yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromagnitorlarda bajariladi.
Gidromagnitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va oxirida tor nasadni
mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv xavzasidan
uzatilgan suvgidromagnitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog‘ konlari
sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustaxkam tog‘ jinslarini buzish
xususiyatiga xam ega. Qumni aslida suvning 0.3-0.5MPa bosimi etarli bo‘ladi.
Maxsus chuqurlikka suv qumli aralashma o‘z og‘irligida xarakatlanadi, qiyshiq
trubalar yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: