Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə25/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Siydik tuta olmaslik qovuqdan siydik kelishini nazorat qila olmas- likdir. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘ladi:

  • orqa miyaning va bosh miya qobig‘i ayrim bo‘limlarining shikast- lanishi yozilish istagini sezmay qolishga sabab bo‘ladi;

  • qovuqdan chiqish sohasi atrofidagi mushaklarning bo‘shashganligi;

  • ba’zi dorilarning ta’siri;

  • hojatxonani qidirib topa olmaslik;

  • hojatxonaga yetib borishda paydo bo‘ladigan muammolar;

  • bemor chaqirganda hamshiraning tez yetib kelmasligi va beparvoligi;

  • siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasi.

Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasining alomatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • siyish vaqtida og‘rish va achishish;

  • tez-tez siyishga borish istagi, biroq juda kam siyish;

  • siydikning rangi xira, to‘q sariq va ba’zan hidi qo‘lansa bo‘lishi;

  • siydikda shilliq parchalari yoki qon bo‘lishi;

  • tana haroratining ko‘tarilishi.

Ba’zi hollarda fiziologik yozilish maxsus teshik — siydik chiqaruvchi sistostoma (qovuqdan teshik ochish), najasni chiqarish — kolostoma (to‘g‘ri ichakdan teshik ochish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sistostomaga shifokor kateterni doimiy qilib kiritib qo‘yadi, shu kateter orqali siydik chiqadi, buni bemor o‘zi muntazam nazorat qilib boradi. Kolostomada esa nazorat qilib bo‘lmaydi, najas qabul qiluvchi maxsus idishga tushadi.
Kolostoma yoki sistostomasi bor ayrim bemorlar yozilishda narsalarni ishlatishda asablari buzilib, qiynaladi.
Bemorda paydo bo‘ladigan muammolar. Bemorni quyidagi muam- molar tashvishga soladi:

  • hojatxonaga mustaqil bora olmaslik;

  • tunda hojatxonaga borish;

  • fiziologik yozilishni noto‘g‘ri vaziyatda amalga oshirish;

  • siydik yoki axlat tuta olmaslik;

  • fiziologik yozilish odatdagi tartibining buzilishi;

  • siydik ajratish yo‘llarida infeksiya rivojlanish xavfi;

  • oraliq va anus sohasini o‘zi mustaqil toza tuta olmaslik;

  • fiziologik yozilishga tegishli masalalarni ochiq muhokama qilishni istamaslik;

  • tashqi kateterning doimiy turishi;

  • Foley kateterining doimiy turishi;

  • bemorda kolostoma yoki sistostoma mavjudligi;

  • najas yoki siydikni tuta olmay qolishdan xavfsirash va h.k.


Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin