Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə23/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Oziq va taomlar xili: oq non, har xil sho‘rva, go‘sht bo‘laklari (yog‘lisidan tashqari), har xil baliq, manniy yormasi, makaron mahsulotlari va dukkakli mahsulotlar solingan ovqat. Tuxum va tuxumli ovqat.

Mavzu: Bemorlarni fiziologik chiqaruvlarida hamshiralik parvarishi.
Reja;


1 Bemorning fiziologik yozilishga bo‘lgan ehtiyojlari.
2 Qabziyat.
3 Bemorning harakatlanishga bo‘lgan ehtiyoji
Dastlabki baho berish. Bemorning fiziologik yozilish ehtiyojini qondirishiga subyektiv baho berishda:

  • birinchidan, o‘zi bu ishni mustaqil uddalay oladimi, ajralmalar chiqishini boshqara oladimi;

  • ikkinchidan, ajralmalar chiqishi jadalligini;

  • uchinchidan, bu ishlarning tabiatini aniqlash zarur.

Subyektiv tekshirishda, odatda, bu mavzuda gaplashganda, odam
o‘zini noqulay sezadi, shuning uchun hamshira bunday vaqtda, iloji boricha, xushmuomala bo‘lishi kerak.
Siydik ajratishning buzilishi (dizuriya) ikki turda bo‘lishi mumkin: siydik ajratishning tezlashuvi (pollakuriya) va siydik ajratishning qiyinlashuvi (stranguriya). Siydik tutilishi ro‘yirost namoyon bo‘lganda (ishuriya) siydikni mustaqil ajratish imkoni yo‘qligi sababli, siydik yig‘ilib qolishi mumkin. Siydik tuta olmaslikni siydik ajratishning buzilishi qatoriga kiritish mumkin.
Sog‘lom odam kun mobaynida 4—7 marta, tunda bir marta siydik ajratadi. Har safar 200 ml dan 300 ml gacha siydik ajraladi (sutkada 1000—2000 ml). Ko‘p siyish ba’zi fiziologik holatlar sababli (suyuqlikni ko‘p ichish, sovqotish, zo‘riqib hayajonlanish natijasida) bo‘lishi mumkin. Yoki bunga patologik holatlar (qandli yoki qandsiz diabet) sabab bo‘ladi. Siydik ajratishning qiyinlashuvi ko‘pincha adenomasi bor yoki prostata bezi rakiga uchragan erkaklarda, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrlarda uchraydi. Bu holat surunkali yoki o‘tkir tarzda kechishi mumkin. Qisman siydik tutilishi surunkali kechganda, odam siydik chiqarish uchun bir necha minut kuchanishga majbur bo‘ladi. Siydik oqimi ingichka, sust bo‘ladi yoki tomchilaydi. Bemor tez-tez yozilishga boradi, lekin yozila olmaydi. Bunday hollarda qovuq to‘lgan bo‘lsa ham uni bo‘shatishning iloji bo‘lmaydi. Bemorga tenez. azob beradi va qovuq sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin