Kadrlar salohiyati bu korxona xodimlarining korxona oldida turgan ishlab chiqarish, fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish imkoniyati va bir vaqtning o‘zida qobiliyati hamdir.
Korxonada kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish uchun kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirishni talab qilinadi, xususan:
kadrlarni tanlash va joylashtirish mezon va usullarini takomillashtirish;
xodimlar malakasini oshirish maqsadida kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
xodimlarni korxonada ushlab qolish maqsadida ish haqi tuzilmasini yaxshilash hamda rag‘batlantirish va imtiyozlar tizimini rivojlantirish;
mehnat faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ularni xodimlarga etkazish;
jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni takomillashtirish.
Xodimlarni boshqarishbu mehnat vazifalarini bajarishda xodimlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlaridan eng unumli foydalanish maqsadida ularning manfaatlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish tamoyillari, usullari, shakllari va vositalari yig‘indisidir.
Xodimlarni boshqarish menejmentning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, odamlar va ularning korxona ichidagi munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan odamlar ijod, tashabbus hamda korxona oldida turgan vazifalarni bajarish uchun kuch-quvvat manbaidir. Odamlarni boshqarishsiz hech bir tashkilot, xoh u katta yoki kichik bo‘sin, xoh u tijorat yoki notijorat tashkilot bo‘lsin, faoliyat ko‘rsata olmaydi. Xodimlarni boshqarish ular o‘rtasidagi munosabatlarda adolat va samaradorlikka erishishga yo‘naltiriladi. xodimlarni borshqarish sxema shaklida 13.1-jadvalda aks ettirilgan.
13.1-jadval