Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə13/17
tarix12.05.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#112193
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari

Butun va bo’lak kategoriyalari hodisalarni, voqelikning murakkab darajalarini o’rganishda katta metodologik rol o’ynaydi.
Struktura va element, butun va bo’lak kategoriyalari turli sohalarda keng tarqalgan sistemali-strukturali tadqiqotlarda keng foydalaniladi.
3.Uchinchi turkumga voqelikdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi sababiyat (determinizm)ni aks ettiruvchi kategoriyalar kiradi, ya’ni sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik o’rtasidagi dialektik munosabatlarni yanada chuqurroq bilish zarurligi ob’ektiv olamdagi sababiy bog’lanishlar tabiatini o’rganishni taqozo qiladi.
Sababiyat — ob’ektiv olamdagi hodisalar umumiy bog’lanishining alohida ko’rinishidir. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, unda har doim bir hodisa mavjud bo’lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi ham keladi.
Sabab — bu o’ziga muvofiq keladigan biror natija keltirib chiqaruvchidir. Oqibat — sabab amalining natijasi.
Sabab biror ta’sirning bog’lanishi bo’lib, u ma’lum bir natija, ya’ni oqibatni keltirib chiqaradi.
Sabab-oqibat bog’lanishlari quyidagi tomonlari bilan tavsiflanadi: 1) hodisalarning sabab-oqibat aloqadorligi umumiy xarakterga ega. Dunyoda hech qanday hodisa sababsiz yuz bermaydi; 2) sabab va oqibat kategoriyalari yakka, alohida hodisalarning yuz berishi ildizlarini ochib beradi. Sababiyat voqelikdagi hodisa jarayonlarining kelib chiqishini aniqlaydigan genetik bog’lanishdir; 3) sabab-oqibat bog’lanishlari ma’lum vaqt va sharoit mavjud bo’lgandagina boshqa hodisani keltirib chiqaradi; 4) sabab vaqt nuqtai-nazaridan, oqibatdan oldin keladi va uni keltirib chiqaradi; 5) sabab-oqibat bog’lanishlari zaruriy ravishda aniq bir hodisa -oqibatni keltirib chiqaradi.
Sabab va oqibat bog’lanishlari turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ularga bosh va ikkinchi darajali, ichki va tashqi, ob’ektiv va sub’ektiv va h.k. sabablar kiradi. Sabablarning mazkur shakllari haqida Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida ham ma’lumotlar berilgan.
Sabab va oqibat bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, har xil shakllarda namoyon bo’ladi: bitta sabab bir qancha oqibatni keltirib chiqara oladi; bitta oqibat bir kancha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin; sabab va oqibat bir-biriga o’tib, o’rinlarini almashlab turishlari orqali ham ifodalanishi mumkin.
Narsa va hodisalarning sababiy munosabatlarini falsafiy tahlil qilish ularning mohiyatini yanada chuqurroq bilish va taraqqiyot qonunlarini o’rganish imkoniyatini beradi. Sababiyat har qanday qonunning ajralmas belgilaridan biridir.
Sabab va oqibat kategoriyalari fanni yangidan-yangi turkumdagi sababiy aloqalar va ular asosida amal qiladigan qonuniyatlarni bilishga undaydi. Ob’ektiv dunyo qonuniyatlarini bilish esa insonning ongli, amaliy va ilmiy-nazariy faoliyatining asosiy maqsadidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari kishilarning olamdagi narsa va hodisalarga xos bo’lgan sabab-oqibat bog’lanishlari haqidagi tasavvurlari yanada chuqurlashishi natijasida shakllanadi.

Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin